Ma’ruzalar paytida mobil telefondan qisqa muddat foydalaniş talabalarning diqqatini jamlaşga va hatto ularning özlaştirişini yaxşilaşga yordam berişi mumkin. AQŞning Janubiy Illinoys universiteti olimlari ötkazgan tajriba natijalari Frontiers in Education jurnalida çop etildi.
Psixologiya yönalişi talabalari guruhida bir semestr davomida 22 ta maşğulotdan iborat kiçik tajriba ötkazildi. Har bir maşğulotda örtaça 21 nafar talaba qatnaşgan bölsa-da, turli kunlarda qatnaşçilar soni 17 nafardan 27 nafargaça özgarib turgan. Tadqiqot guruhi dars paytidagi tanaffuslar talabalarning mobil telefonlardan foydalaniş darajasiga hamda ularning özlaştiriş körsatkiçlariga qanday ta’sir körsatişini baholadi.
Talabalarga turli ma’ruzalar vaqtida qisqa tanaffuslar berildi — bunda smartfonlardan foydalaniş, yo öqituvçiga savollar beriş kerak edi (ikkinçi holda talabalarga tanaffus paytida smartfonlardan foydalaniş tavsiya etilmagan). Har ikkala maqsad uçun tanaffuslarning davomiyligi bir, ikki yoki tört daqiqani taşkil etdi.
Tajriba natijasidan ma’lum bölişiça, talabalar smartfonlardan foydalaniş uçun maxsus tanaffuslar berilgan ma’ruzalarda, öqituvçiga savol beriş uçun tanaffus qilingan ma’ruzalarga nisbatan, umumiy hisobda öz smartfonlaridan kamroq foydalangan (ya’ni, ular bevosita ma’ruzalar paytida ikkinçi guruhga qaraganda smartfonlarga kamroq çalğigan). Qiziği şundaki, daqiqalik tanaffuslardan söng ma’ruzalarda smartfonlardan foydalaniş tajribaning boşqa barça variantlariga nisbatan eng katta körsatkiçda kamaygan.
Bundan taşqari, “telefonli” tanaffus beriladigan ma’ruzalardan söng talabalar dars mavzusi böyiça testlarni ança yaxşi topşirdi (töğri yeçilgan testlar soni tajribaning boşqa variantlariga nisbatan 80 foizdan köproq edi). Bu holatda öquvçilar dars mavzusiga yaxşiroq e’tibor qaratgan bölişi mumkin, deb taxmin qilinmoqda.
Olingan natijalarga qaramasdan, tadqiqotçilar smartfonlardan qisqa muddatli foydalaniş foydali ekanini töliq isbotlaş uçun qöşimça izlanişlar zarurligini ta’kidladi.
Ehtimol, öqituvçilarning talabalarga vaqti-vaqti bilan telefonini tekşirişga ruxsat berişi ularni yangi bildirişnoma va xabarlarni kutiş xavotiridan xalos etişi mumkin. Oldingi tadqiqotlar hatto smartfonlarning stolda şunçaki turişi (undan foydalanilmasa ham) öqişga salbiy ta’sir körsatişi mumkinligini aniqlagandi.











