Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi qonunga qo‘shimchalar kiritildi
«Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi buyruqqa o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Buyruq quyidagi mazmundagi 111-band bilan to‘ldirildi:
«Mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha ko‘riladigan chora-tadbirlar quyidagilarni o‘z ichiga olishi shart:
tegishli hujjatlar asosida mijozning va u qaysi shaxslar nomidan ish ko‘rayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish;
mijozning benefitsiar mulkdorini identifikatsiyalash;
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati to‘g‘risidagi ma'lumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda o‘rganish o‘tkazish.
Mijozni lozim darajada tekshirish bo‘yicha yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan choralarni ko‘rish bilan birga, mijoz yoki benefitsiar mulkdor sifatida qatnashayotgan yuqori mansabdor shaxslarga nisbatan qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar:
yuqori mansabdor shaxsning mavqei to‘g‘risidagi ma'lumotlarni tekshirish va o‘tkazilayotgan operatsiyadagi pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni manbalarini aniqlash bo‘yicha oqilona choralarni ko‘rishi;
yuqori mansabdor shaxs bilan amaliy ish munosabatlariga faqatgina tashkilotlarining rahbariyati ruxsati bilan kirishishi;
amaliy ish munosabatlarini monitoring qilib borishlari lozim».
Shuningdek, 20-band quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar operatsiyalarni amalga oshirishda ularning ishtirokchilari identifikatsiya ma'lumotlarini Ro‘yxat bilan solishtirishlari shart.
Pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiyalar kechiktirilmasdan va oldindan xabar qilinmasdan to‘xtatilishi lozim, agarda:
mijoz yoki operatsiya qatnashchilaridan birining barcha identifikatsiya ma'lumotlari Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning ma'lumotlari bilan to‘liq mos kelsa;
operatsiya qatnashchilaridan biri Ro‘yxatga kiritilgan shaxs nomidan yoki uning topshirig‘iga binoan faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa;
operatsiyani amalga oshirishda foydalanayotgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk to‘liq yoki qisman Ro‘yxatga kiritilgan shaxsga tegishli bo‘lsa;
operatsiya qatnashchisi bo‘lgan yuridik shaxs Ro‘yxatga kiritilgan jismoniy yoki yuridik shaxsning mulkida yoki nazorat ostida bo‘lsa.
Ro‘yxatga kiritilgan shaxsning operatsiyasi to‘xtatib turilganda va (yoki) pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yilganda qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mulkning miqdori ko‘rsatilgan holda bu haqda maxsus vakolatli davlat organiga shubhali operatsiya to‘g‘risida xabar yuborishlari lozim.
Qimmatbaho metall va qimmatbaho toshlar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni amalga oshiruvchi shaxslar to‘xtatilgan operatsiyani o‘tkazishni tiklashni Terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar ro‘yxatiga kiritilgan shaxslarning operatsiyalarini to‘xtatib turish, pul mablag‘larini yoki boshqa mol-mulkini ishga solmay to‘xtatib qo‘yish, ishga solmay to‘xtatib qo‘yilgan mol-mulkidan foydalanishga ruxsat berish va operatsiyalarini tiklash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartibda amalga oshiradi».
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 23 mayda O‘zbekiston prezidentining «Byudjyet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini tubdan oshirish va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni e'lon qilingandi.
Mavzuga oid
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
09:19 / 08.04.2026
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
19:12 / 05.04.2026