Makgregor UFC chempioni bo‘lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Mutlaq jangchilar chempionatining (UFC) amaldagi chempioni bo‘lgan qiz Rouz Namayunas Konor Makgregorning avtobusga hujumidan so‘ng ruhiy jihatdan o‘ziga kela olmayapti.
30 yoshli irlandiyalik 2018 yilning aprel oyida tashkilot avtobusiga hujum qildi. Shu paytda UFC jangchilari, jumladan Habib Nurmagomedov va Namayunas transportda bo‘lishgan.
«U hamon uyidan chiqmayapti va jamoat joylariga tashrif buyurmayapti. Yonida odamlar ko‘payib ketsa: «Nimadir yuz beradi», deb o‘ylamoqda.
Bu xuddi 9 sentabr teraktini boshidan o‘tkazishdek - siz o‘z shahringizda ham o‘zingizga joy topa olmaysiz. Har gal liftga kirib, portlashlar haqida o‘ylaysiz», - deya Namayunasning murabbiyi Trevor Vittman so‘zlarini keltiradi Bloody Elbow.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Meyvezer Makgregor - Nurmagomedov jangi qanday yakunlanishi haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
18:33 / 15.08.2024
Habib Nurmagomedov Rossiya soliq idoralari oldidagi barcha qarzlarini yopdi - OAV
21:04 / 06.08.2024
Rossiyada Habib Nurmagomedovning mol-mulki xatlandi
02:47 / 22.10.2023
UFC 294. Xamzat Chimayev Kamaru Usmanni mag‘lubiyatga uchratdi, Islam Maxachev 1-raunddayoq Volkanovskini nokautga uchratdi
21:45 / 08.04.2023