Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik desantchilar Suriya sohillariga tashlandi
Rossiya dengiz piyoda qo‘shinlari bo‘linmasi flot va aviatsiyaning O‘rta yer dengizidagi qo‘shma mashg‘ulotlari doirasida Suriya sohillariga tashlandi. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi muxbiri ma'lum qildi.
Rossiyalik harbiylar Suriyaning Lataqiya viloyatida shartli dushmanning sohilbo‘yi platsdarmini egallab olishlari kerak bo‘lgan. Dastlab sohilga vertolyotlardan razvedkachilar guruhi tashlangan. So‘ngra dengizdan katta desant kemalaridan bronetransportyorlarda asosiy kuchlar yetib kelgan.
Desant tashlanishini mashq qilishda 26 ta jangovar kema, jumladan uchta katta desant kemasi, “Raptor” katerlari va o‘t ochish bilan qo‘llab-quvvatlash kemasi ishtirok etgan. Desantlarga havodan 24 ta uchish qurilmasi, jumladan Ka-29, Mi-8 va Mi-24 vertolyotlari, Su-33 va Su-30SM samolyotlari ko‘mak ko‘rsatgan.
Rossiya harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni Vladimir Korolev desantning tashlanishini ramziy ekanligini aytgan. Uning aytishicha, harbiylar o‘z oldilariga qo‘yilgan vazifani munosib tarzda bajarganlar.
1 sentabrdan 8 sentabrgacha o‘tgan mashg‘ulotlar Rossiya harbiy-dengiz kuchlari va harbiy-koinot kuchlarining O‘rta yer dengizidagi ilk qo‘shma mashg‘ulotlari bo‘lgan.
Mavzuga oid
18:11 / 12.06.2026
Uzbekistan Airways yonilg‘i tanqisligi tufayli O‘zbekistondan Rossiyaga ayrim parvozlarni qisqartiradi
17:21 / 12.06.2026
Rossiya–Ukraina urushida front chizig‘i: tashabbus kim tomonda?
09:35 / 12.06.2026
MAKS aviakosmik ko‘rgazmasi yana bir yilga qoldirildi
16:23 / 11.06.2026