Jahon | 22:30 / 09.09.2018
22041
1 daqiqa o‘qiladi

Amerika samolyotlari Suriyadagi bazalarga fosforli zarbalar berdi

© Foto : U.S. Air Force photo/Senior Airman Erin Trower

8 sentabr kuni AQSh Harbiy-havo kuchlarining ikkita F-15 rusumli harbiy samolyotlari Suriyaning Dayr-az-Zor viloyati hududidagi o‘q-dori omborlariga fosforli hujum amalga oshirdi. Bu haqda Suriya Arab respublikasidagi Suriyada tomonlarni birlashtirish markazi boshlig‘i general-leytenant Vladimir Savchenko ma'lumot berdi.

Zarbalar Xudjin aholi punktiga tomon yo‘llangan. Hujum oqibatida yirik yong‘in kelib chiqqan.

Hozircha qurbonlar va jabrlanganlar haqida aniq ma'lumotlar yo‘q.

Savchenko oq fosforli qurolni ishlatish 1949 yilda Jyeneva konvensiyasi protokoli bo‘yicha taqiqlab qo‘yilganini eslatib o‘tgan.

Ma'lumot uchun, fosforli bombalar ommaviy qirg‘in quroli hisoblanadi.

Bundan avvalroq Pentagon Suriya janubi-sharqidagi Et-Tanfga qo‘shimcha kontingent yo‘llagani xabar qilingandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid