22:06 / 09.09.2018
21815

Belka va Strelka: fazodagi ilk yo‘lovchilar

Belka va Strelka laqablarini kim bilmaydi? Aynan ular 1960 yilning 19 avgustida «Sputnik-5»da fazo muhitini mavh qilishga otlanishdi. Sayyoramizga tirik va sog‘lom holda qaytishdi. Ularning nomlari esa sovet kosmonavtikasi tarixiga muhrlandi. Jonzotlarning sayohati qanday kechgani haqida mana shu maqoladan bilib olasiz.

Belka va Strelka fazoda bir sutkadan ko‘proq, aynan 25 soat bo‘lishdi. Ular uchgan apparat «Sputnik-5» bo‘lib, u fazodagi sharoit tirik organizmlarga qanday ta'sir qilishini o‘rganish uchun maxsus konstruksiya qilingan. Fazo apparatining bortida ham bir necha ilmiy tajribalar o‘tkazilgan.

Belka va Strelkagacha Chayka va Lisichka ham fazoga yuborilgan. Biroq afsuski, start muvaffaqiyatsiz bo‘ldi. Kema portlab ketdi va kuchuklar o‘sha 1960 yilning 28 iyul kuni halok bo‘ldi. Yigirma ikki kundan keyin yangi bortda: 11-daqiqa 44-soniyada uchishga tayyor edilar. Bortda hayvonlarning holatini hisobga oladigan maxsus qurilmalar o‘rnatilgan. Ular Belka va Strelkaning nafasi startda tezlashgani, biroq keyinchalik ular o‘zlariga kelib, barcha ko‘rsatkichlar normallashganini qayd etgan. Belka va Strelkani kuniga ikki marta ovqatlantirishgan, kislorodning namligi va tarkibi bir normada ushlab turilgan, havo esa doimiy ravishda tozalangan.

Kuchuklarning holatini qayd etib borgan o‘ziga xos datchiklardan tashqari, ular doimiy ravishda video orqali kuzatilgan. Natijada qurilmalar ko‘rsatkichlari va olingan kinoplyonka bo‘lajak fazogirlar uchun haqiqiy ilmiy qo‘llanmaga aylandi. Uning yordamida hayvonlar uchishning turli bosqichlarida o‘zlarini qanday his qilishganini aniqlash oson bo‘lgan.

Shunday qilib, bu g‘aroyib tajriba biologik mavjudotlar uchun fazoga chiqish salomatlikka zarar yetkazmasligini tasdiqladi. Belka muayayn paytda asabiylasha boshlaganiga qaramay, uning tahlillari normaga mos keldi.

13:32 da apparatni ishga tushirish uchun buyruq berildi. U belgilangan nuqtadan 10 kilometrga chekinish bilan yerga qo‘ndi. Biroq fazo markazi mutaxassislari bunga tayyor edilar. Qidiruv-qutqaruv xizmati Belka va Strelkani tezda topdi. Dastlabki tekshirish ishlari yo‘lovchilar o‘zini yaxshi his etayotganini ko‘rsatdi. Uchishdan so‘ng har ikkala kuchuk ham uzoq va baxtli hayot kechirdi, keksayib vafot etdi. Strelka esa hatto bir necha kuchukchalarni dunyoga keltirdi. Ulardan birini Jaklin Kennedi o‘ziga olgan. 

Top