23:25 / 09.09.2018
57589

Moldaviya prezidenti kortejining yo‘l-transport hodisasiga uchrashi videosi e'lon qilindi

Moldaviya davlat qo‘riqlash xizmati respublika prezidenti Igor Dodonning korteji yo‘l-transport hodisasiga uchrashi videosini e'lon qildi.

Videoda qarama-qarshi yo‘nalishdan kelayotgan yuk mashinasi Dodon korteji kelayotgan polosaga chiqib ketib, uning mashinasiga urilgani va uni yo‘l chetiga chiqarib yuborganini ko‘rish mumkin.
 

Dodon korteji Strasheni-Kalarash yo‘lida YTHga uchragan. Ma'lum qilinishicha, voqea oqibatida 3 kishi yengil va o‘rta og‘irlikdagi jarohat olgan. Dodonning o‘ziga hech narsa qilmagan, unga tibbiy yordam talab etilmagan.

Dodonning ma'muriyatida ma'lum qilinishicha, YTH oqibatida prezidentning oilasidan hech kim jabrlanmagan.

“OAVda Igor Dodonning onasi YTHda jiddiy jabrlangani haqida ma'lumot paydo bo‘lgandi. Bu ma'lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”, deb ma'lum qilingan xabarda.

Mavzuga oid
Top