
Zamonaviy xonadonni televizorsiz tasavvur etiş muşkul. Biroq sivilizatsiyaning bu yutuğini bizga kimga sovğa qilgani haqida öylab körganmisiz? Birinçi körsatuv qaçon paydo bölgani haqida-çi? Bugun aynan şu haqida söz yuritamiz.
Maişiy texnikaning bu predmeti kaşfiyotçisining aniq ismini aytiş muşkul. Axir uni işlab çiqiş ustida bir neça kişi iş olib borgan. Biroq olim Paul Nipkovni eslab ötmaslikning iloji yöq. Aynan u sababli maxsus tirqişli disk yaratilgan. Bu qurilma tasvirlarni ekranga uzatiş uçun skaner qilgan. U XIX asr boşlaridagi ilk televizorlarning ajralmas qismi edi.
Bu innovatsiyadan ilhomlangan şotlandiyalik olim Jon Berd mexanik telepriyomnikni yaratdi. Uni köp miqdorda işlab çiqariş maqsadida aynan şu nomdagi korporatsiyaga asos qoldi. Öşa paytdagi televizion tizim zamonaviy variantga öxşamasdi: u faqat suratni körsatardi, ovozni yetkazib bermasdi.

Biroq Bredning TV-qurilmalari BBC radiosidan foydalaniş imkonini beradigan örtaça uzunlikdagi tölqinga yaxşi sozlanardi. Bu Bred televizorlarining afzallik jihati edi. Aynan şu öziga xoslik bölajak teleuzatiş kelajagiga aylandi. Ilk eşittiriş efirga 1924 yilda çiqdi. Jon öz qurilmasini Soxo dökonlaridan birida namoyiş etişga qaror qildi.
Tasvir juda kiçik bölgan – gugurt qutiçasining yarmidan katta bölmagan. Bundan taşqari, tasvir sifati va kengaytmasi juda yomon bölgan, şuningdek, doimiy ravişda titrardi. Yarim tonlarning baribir rang bölib köringani sabab aktyorlarning yuzi aniq körinmasdi.

Bredning debyuti muvaffaqiyatsiz bölganiga qaramay, u ortga çekinmadi. Ikkinçi uriniş 1926 yilda amalga oşirildi. Ana endi buni töliq teleseans deb ataş mumkin edi. U ommani hayratga soldi. Axir ular ilgari bunga öxşaş narsaga guvoh bölişmagan.
Olim şu bilan töxtadi deb öylaysizmi? Albatta yöq. Ikki yil ötgaç, u dunyoga haqiqiy rangli televizorni taqdim etdi va yana bir rolikni rangli tarzda namoyiş qildi. Demak, uning nomini rangli televideniye ilk kaşfiyotçilari röyxatiga kiritiş mumkin. Keng omma televizordan taxminan 30 yildan keyin foydalana boşladi.










