Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MAQOM ART xalq orasida milliy musiqaga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirmoqda
Shahrisabzda 9 sentabrda 220 mingdan ziyod kishi mehmon bo‘lgan bo‘lsa, bugun 10 sentabr kuni ushbu rekord yangilandi. Bu kuni Shahrisabzning bosh maydoniga soat 20:30 holatiga 250 ming nafarga yaqin mehmon tashrif buyurdi, ularning bari ko‘tarinki va bayramona kayfiyatda sayr qilib, ishtirokchilarning san'atidan zavq olmoqda. KUN.UZ muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov bergan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
6-10 sentabr kunlari Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida I Xalqaro maqom san'ati forumi bo‘lib o‘tdi. Unga dunyoning 70 dan ziyod mamlakatidan ishtirokchi va mehmonlar tashrif buyurishdi. Har bir mamlakat vakillari o‘zining milliy musiqa namunalarini ijro etib, yig‘ilganlarga zavq bag‘ishlashdi.

O‘zbekistonning maqom san'ati bugunga kelib mamlakat brendi darajasiga ko‘tarilib, nafaqat xorijlik mehmonlar, balki mahalliy xalq orasida ham katta qiziqish uyg‘otdi. Ularning orasida maqom va uning turlarini o‘rganishga qiziqish bildirganlar ham talaygina bo‘ldi.

Turli viloyatlardan tashrif buyurgan mehmonlar Shahrisabzdagi MAQOM ART festivalidan ilhomlanib, farzandlarini maqom san'ati bilan shug‘ullanishga bermoqchi ekanliklarini aytishmoqda.
"Festivaldan ilhomlanib, farzandlarimizning yuz-ko‘zidagi qiziqishni ko‘rib, ularga milliy musiqa cholg‘u asboblarini olib berishga qaror qildik. Keyinchalik musiqa maktablarida o‘qib, yaxshi maqom ijrochilari bo‘lib yetishishsa, bunga aynan Shahrisabzdagi birinchi Xalqaro maqom san'ati forumi sababchi bo‘lganini eslab yuramiz", - deydi samarqandlik mehmonlardan biri.

Umuman olganda, Shahrisabzdagi Maqom festivali nafaqat Qashqadaryo viloyati, balki butun O‘zbekiston ahlida ko‘tarinki kayfiyat, o‘z yurtidan faxrlanish tuyg‘ularini keltirib chiqardi. Bunday bayram tantanalari, festivallar bir tomondan odamlarning milliy musiqaga bo‘lgan qiziqishini oshirish va o‘zaro ahillashuviga sabab bo‘lsa, boshqa tomondan xorijliklarning O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish uchun xizmat qiladi.

Mavzuga oid
12:12 / 20.03.2026
“Afrosiyob” poyezdlari Shahrisabzga haftasiga 3 marta qatnay boshlaydi
19:30 / 07.11.2025
Sun’iy intellektli apparatdan premium palatalargacha: Shahrisabzdagi “Oqsaroy” klinikasi qanday imkoniyatlarga ega?
18:10 / 19.06.2025
Prezident Qarshidan Shahrisabzga poyezdda bordi va faollar bilan suhbatlashdi
16:04 / 26.03.2025