Jahon | 19:59 / 11.09.2018
17227
2 daqiqa o‘qiladi

Agarda iPhone AQShda yig‘iladigan bo‘lsa necha pulga tushishi hisoblab chiqildi

Foto: GLOBAL LOOK PRESS

Bank of America ekspertlarining ma'lum qilishicha, agarda Apple ishlab chiqarishni AQShga ko‘chiradigan bo‘lsa, iPhone narxi sezilarli darajada oshadi. Masalan, ishlab chiqarish to‘liq ko‘chirilsa, ayfon narxi 20%ga ko‘tariladi, deb xabar bermoqda CNBC.

Bu boradagi gap-so‘zlar AQSh prezidenti Trampning iPhone’larni Xitoyda emas, AQShda yig‘ish haqidagi taklifidan so‘ng yana yangilandi. Bank of America tahlilchilarining taxminlariga ko‘ra, nazariy jihatdan Apple smartfonlar yig‘ishni AQShga ko‘chirishi mumkin, ammo bundan iste'molchilar zarar ko‘radi. Ekspertlarning baholashlaricha, ishlab chiqarish 10%ga ko‘chiriladigan bo‘lsa, mahsulot narxi 8%ga oshadi. Agarda zavodlar 50 yoki 100%ga ko‘chiriladigan bo‘lsa, u holda gadjyetlar narxi mos ravishda 14 va 20%ga ko‘tariladi.

Bu birinchi navbatda kompleks ishlab chiqarishdagi yuqori xarajatlar bilan bog‘liq. Masalan, amerikalik ishchilarning maoshi xitoylik hamkasblarinikiga nisbatan 2,6 baravarga ko‘p. Apple vakili gadjyetlar narxi oshishi mumkinligi haqidagi taxminlarga izoh bildirmadi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid