O‘zbekiston | 21:20 / 11.09.2018
4955
4 daqiqa o‘qiladi

Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi tashkil etildi

Hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga tadbirkorlik sub'yektlarini keng jalb etish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta'minlash, shuningdek, bo‘sh turgan obektlar, yer uchastkalari va boshqa infratuzilmadan samarali va oqilona foydalanish maqsadida O‘zbekiston prezidentining “Hududlarda tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Hududlarda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish komissiyasi hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish bo‘yicha hududiy guruhlar tashkil etildi.

O‘n kunda kamida bir marta joylardagi davlat organlari va tashkilotlari darajasida hal qilinmagan muammoli masalalarni ko‘rib chiqish hamda tadbirkorlikni rivojlantirishga, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan mavjud byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish komissiyaning asosiy vazifasi etib belgilandi.

Shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qabul qilingan qarorlar, shu jumladan, davlat organlari va tashkilotlariga manzilli topshiriqlar nazarda tutilgan qarorlar ijrosi ustidan tizimli nazoratni amalga oshirish hamda hududiy guruhlar tomonidan chuqur tahlil asosida aniqlangan tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirishdagi byurokratik to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish maqsadida qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish komissiyaning muhim vazifalari sirasiga kiradi.

Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi holatini, shu jumladan, muhandislik-kommunikatsiya, ishlab chiqarish va boshqa infratuzilmani o‘rganish, shuningdek, ularni, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tijorat banklari mablag‘larini jalb etgan holda yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

- hududlarning ehtiyoji va salohiyatidan (resurs, tabiiy-iqlim, mehnat va boshqalar) kelib chiqib, investitsiya kiritishni talab etadigan istiqbolli loyihalarni, shuningdek, bo‘sh turgan davlat mulki obektlari va yer uchastkalarini o‘rganish va aniqlash;

- tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan va tegishli hududda amalga oshirish taklif qilinayotgan istiqbolli loyihalarni tezkor ko‘rib chiqish choralarini ko‘rish, salohiyatli investorlar bilan muzokaralar va uchrashuvlar o‘tkazish;

- tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini, shu jumladan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy tijorat banklarining kredit liniyalari hisobidan amalga oshirishda tijorat banklarining ishtirokini ta'minlash;

- bo‘sh turgan davlat mulki obektlari va yer uchastkalarini auksion savdolariga qo‘yish bilan bog‘liq masalalarning tezkorlik bilan hal etilishini ta'minlash;

- joylarda davlat organlari va tashkilotlari darajasida hal qilinmagan tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq muammoli masalalarni, shuningdek, zarur hollarda, istiqbolli tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflarni Komissiyaga kiritish;

- vazirliklar va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari direksiyalarining tadbirkorlik tashabbuslari va loyihalarini jadal amalga oshirish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirish hududiy guruhlarning asosiy vazifalari etib belgilandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid