«Adolatjon, marhabo xush kelibsan». Hikmatulla qori sud zalidan ozod etildi
12 sentabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi kassatsiya instansiyasida raislik etuvchi B.Alimov, sudyalar Z.Nurmatov va M.Turgunovalardan iborat tarkibda xorazmlik imom Hikmatulla Yusupov ishi bo‘yicha ajrimni e'lon qildi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Sudya Alimov jinoyat ishini sinchkovlik bilan o‘rganib chiqqach, Yusupovga nisbatan e'lon qilingan O‘zR JK bir qator moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni Yusupov amalga oshirmaganini ta'kidladi.
Sudya O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi 83-moddasi 3 qismiga ko‘ra, sodir etilgan jinoyatga daxli bo‘lmagan Hikmatulla Yusupovni aybsiz deb topdi va reabilitatsiya etilishini ma'lum qildi.
«Adolatjon, marhabo xush kelibsan, Kel nega g‘ussa-g‘amda tik turibsan?», deya Hikmatulla qori o‘ziga berilgan so‘nggi so‘z uchun imkoniyatdan foydalandi va bitgan she'rini o‘qib eshittirdi.
Hikmatulla Yusupov shu onda ozodlikka chiqarilib, unga nisbatan oqlov e'lon qilindi. Quyidagi lavha orqali imomning sud majlisida bildirgan so‘nggi so‘zlarini tomosha qilishingiz mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 1993 yildan buyon O‘zbekiston Musulmonlari idorasi tasarrufidagi madrasa va masjidlarda ishlab kelgan Hikmatulla Yusupov Xorazm viloyati MXX xodimlari tazyiqi ostida mudhish jinoyatlarda ayblangandi. Xorazm viloyati MXXning diniy masalalar bo‘yicha «kuratori» Mahmud Ermetov va Hikmatulla qori o‘rtasidagi ziddiyat, Yusupovning qamalishi bilan yakunlandi.

Masjid imomi vazifasida ishlab kelgan Hikmatulla qori go‘yoki, ayol kishiga shilqimlik qilgani uchun MJtKning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgani uchun 2015 yil 21 aprel kuni 15 sutka, 6 may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Urganch tuman sudining sudyasi Hayitboyev qarori bilan yana 15 sutka qamoq jazosini o‘tashga majbur bo‘lgan. Shundan so‘ng, u Jinoyat kodeksida nazarda tutilgan og‘ir jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan va 13 yilga qamoqqa «tashlandi». Keyinchalik, Xorazm viloyati Harbiy prokuraturasi 13 yillik qamoq jazosi ortida MXXning ayrim xodimlari turganini aniqladi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi esa imom ishi doirasida barcha sud qarorlarini bekor qilinishini so‘rab, Oliy sudga protest kiritgandi.

Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Virgin Galactic kosmosga parvozlar narxini oshiradi
Fan-texnika | 01:39
-
Ukraina uchinchi F-16 qiruvchi samolyotidan ayrildi
Jahon | 00:06
-
16 may yangiliklari: O‘zbekistonda ro‘y bergan muhim voqea va hodisalar
O‘zbekiston | 22:31 / 16.05.2025
-
Qo‘qonda ammiak bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi
O‘zbekiston | 22:26 / 16.05.2025
Mavzuga oid

18:30 / 04.02.2025
38 yoshli erkak 13 yoshli qizga ko‘z olaytirdi: Asakadagi bahsli nomus ishi tafsilotlari

11:41 / 07.12.2024
“To‘pponcha o‘qtalib, otib tashlayman dedi” – “Saidaziz medgorodok”ka yana bir “delo” bo‘yicha hukm o‘qilgani ma’lum bo‘ldi

12:00 / 12.10.2024
Sergelidagi portlash: 4 nafar ayblanuvchining har biri 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi

13:02 / 21.08.2024