Lukaşenko Karimovdan söng Özbekiston prezidenti bölgan Mirziyoyev bilan umumiy til topişişga muvaffaq böldi.
12-14 sentabr kunlari Aleksandr Lukaşenko Özbekistonga rasmiy taşrif bilan keladi. Taşrif juda muhim. Sababi Özbekistonni Islom Karimov boşqargan 20 yildan köproq vaqt davomida sobiq SSSRning ikki davlati örtasidagi hamkorlik deyarli muzlatib qöyildi, deydi ekspert Andrey Fyodorov.
Bugungi kunda Belarus va Özbekiston örtasidagi munosabatlar ösib bormoqda, ammo barça tösiqlar olib taşlangan, deb aytişga hozirça erta.
Avvaliga hammasi yaxşi köriniş kasb etgandi. 1993 yil yanvar oyida diplomatik aloqalar örnatildi, bir yil ötib Belarus elçixonasi Toşkentda oçildi. 1994 yil dekabrda esa, Belarusning yangi saylangan prezidenti u yerga özining ilk xorijiy safarlaridan birini amalga oşirdi, unda döstlik va hamkorlikni mustahkamlaş töğrisidagi deklaratsiya imzolandi.
Biroq, keyinçalik yaqinlaşuv birdaniga töxtadi, ehtimol, birinçi şaxslar örtasidagi şaxsiy munosabatlar tufayli.
Özbekistonning Minskdagi elçixonasi faqatgina şu yil oçildi, bundan oldin esa Rossiya Federatsiyasidagi elçilar bu yerda ham vakil bölgan.
Karimovning ölimidan oldin Minskdan Toşkentga yoki aksinça yönalişda nafaqat oliy darajada, balki yuqori darajada ham boşqa bironta taşrif amalga oşirilmadi.
Lukaşenkoning özi Özbekiston parlamenti yuqori palatasi raisi Niğmatilla Yöldoşev bilan iyun oyidagi uçraşuvda öşa davrda muammolar bölganini qisman tasdiqladi: «Ötgan bir yil mobaynida, balki, undan biroz köproqdir... biz Belarus-Özbekiston munosabatlarida avvalgi 20 yildan köra köproq narsa qildik».
Lukaşenko bilan Karimov örtasida murakkab şaxsiy munosabatlar bölganiga oid versiyani yana şu holat ham tasdiqlaydiki, Özbekistonda prezident özgarganidan keyin vaziyat yaxşilana boşlandi.
Karimov 2016 yil sentabrida vafot etdi. Oktyabrda esa, Belarus yetakçisi Pokistondan qaytib kelayotib Samarqandga töxtab ötdi, u yerda mamlakat prezidenti vazifasini bajaruvçi, ikki oydan söng davlat rahbari etib saylangan boş vazir Şavkat Mirziyoyev bilan amaliy uçraşuv ötkazildi.
Öşandan beri hamkasblar unça köp uçraşmagan bölsa-da (2017 yilda MDH davlat rahbarlari kengaşi yiğilişida va 2018 yil ŞHTning Tsindaodagi sammiti vaqtida), ikki tomonlama munosabatlardagi muhit keskin özgardi. Xususan, Belarusda Özbekiston elçixonasini oçiş töğrisida qaror qabul qilindi.

















