Sport | 23:37 / 12.09.2018
11775
2 daqiqa o‘qiladi

Futbol klublari yozgi transferlar vaqtida rekord o‘rnatishdi

Futbol klublari yozgi transferlar vaqtida 5,44 mlrd dollar sarflab, yangi rekord o‘rnatishdi. Bu hafda FIFAning 12 sentabrda o‘z saytida e'lon qilgan hisobotida ma'lum qilingan.

Yozgi tranfserlar darchasi 1 iyunda ochilib, 1 sentabrda yopilgan. Bu davr ichida butun dunyo bo‘ylab 5,44 mlrd dollarga teng 8401 ta transfer amalga oshirilgan. Taqqoslash uchun, 2017 yilda 4,71 mlrd dollar sarflangan va 7590 ta transfer amalga oshirilgan.

Yevropaning yetakchi beshta chempionatiga (Angliya, Fransiya, Germaniya, Italiya va Ispaniya) transferlar uchun sarflangan umumiy mablag‘ning 77,5 foizi to‘g‘ri kelgan. Bu chempionatlarda ishtirok etuvchi klublar transfer maqsadlari uchun 4,21 mlrd dollar sarflashgan va bu ham rekord natija bo‘ldi. 2017 yilda bu qiymat 3,67 mlrd dollarni tashqil qilgan.  

Yozda ingliz klublari eng ko‘p mablag‘ sarflagan – 1,44 mlrd dollar. 2017 yilda bu qiymat 1,40 mlrd dollarni tashkil qilgan.  

Mavzuga oid