Qo‘mita matbuot kotibi Yerkema Muxtarning so‘zlariga ko‘ra, gerbda kirill grafikasi asosida bitilgan "Qazaqstan" yozuvi lotin grafikasidagi "QAZAQSTAN" yozuviga o‘zgartiriladi. 

Mazkur o‘zgarish Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning qozoq tili alifbosini kirill grafikasidan lotin grafikasiga o‘tkazish haqidagi farmoniga muvofiq amalga oshirilganligi aytilmoqda.