Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lukashenko Toshkentga tashrifini Mustaqillik maydoni va Islom Karimov haykalini ziyorat qilishdan boshladi
Belarus Prezidenti Aleksandr Lukashenko Toshkentga rasmiy tashrifini boshladi.
Belarus Prezidenti matbuot xizmati xabar berishicha, Aleksandr Lukashenko Toshkentga tashrifini Mustaqillik va ezgulik monumentiga tashrif buyurib, yodgorlik poyiga gul qo‘yishdan boshladi.
BeLTA muxbiri xabar qilishicha, Lukashenko Oqsaroyda ham bo‘lib, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov xotirasiga o‘rnatilgan haykal poyiga ham gul qo‘ygan.
Belarus prezidentining rasmiy tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar 13 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. U ertaga Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazadi. Muzokaralar tor shaklda va delegatsiyalar a'zolari ishtirokidagi kengaytirilgan shaklda bo‘lib o‘tadi. Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik, ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish va O‘zbekistonda talabgir bo‘lgan texnika ishlab chiqarish bo‘yicha yig‘ish korxonalarini tashkil etish masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.
Ushbu yuqori martabali mehmon tashrifini yoritish uchun O‘zbekistondagi mustaqil OAV vakillari jalb etilmagan. Mahalliy nashrlar odatga ko‘ra xorij manbalariga tayanishga majbur bo‘lmoqda.
Mavzuga oid
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
09:00 / 01.06.2026
Lukashenko: “Ukrainadagi voqealar Armaniston uchun saboq bo‘lishi kerak”
22:20 / 24.05.2026