Yaqin-yaqingaça aholiga körsatilayotgan notarial xizmatlar sifatining past darajadaligi, notarial idoralardagi uzundan-uzun navbatlar, davlat bojlari va boşqa yiğimlar undirişning şaffof emasligi, şuningdek, mavjud byurokratik tösiq va ğovlar aholining mazkur tizimga bölgan işonçini pasaytirib, haqli e'tirozlariga sabab bölayotgan edi. Ayniqsa, bu korrupsiya holatlarining paydo bölişiga imkon yaratgani jiddiy muammolarni keltirib çiqargani barçamizga ayon haqiqat, deb yozadi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Bunyodjon Eşonqulov.

Foto: Özbekiston ovozi

Ötgan qisqa vaqt içida prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur sohani tubdan takomillaştiriş borasida izçil islohot boşlandi. Avvalo, sohaning huquqiy asoslari qayta körib çiqilib, qonunçilik bazasi takomillaştirildi. Xalqimiz manfaatiga mos, odamlarning oğirini yengil qiliş, ularga qulaylik yaratişga xizmat qiladigan, şaffof tartib-taomillar örnatildi.

Biroq kun ötgani sayin har qanday jabhaga yangilik kiritib, qulayliklar kölamini oşirib borişni davrning özi taqozo qiladi.   

Şu ma'noda, prezidentning 2018 yil 25 maydagi “Nizolarning oldini olişga qaratilgan institut sifatida notariat tizimini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori ham bu boradagi yana bir muhim qadamlardan biri böldi.

Mazkur qaror ijrosini ta'minlaş maqsadida “Notariat instituti takomillaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni loyihasi işlab çiqilib, Oliy Majlis Qonunçilik palatasi tomonidan qabul qilindi va ma'qullaş uçun Senatga yuborildi.

Uşbu qonunda bir qator muhim jihatlar öz aksini topgan. Jumladan, uşbu hujjatda köçmas mulk ijarasi va tekin foydalaniş şartnomalarini majburiy notarial tasdiqlaşni bekor qiliş, köçmas mulk bilan boğliq bitimlarni respublikadagi istalgan notarial idorada rasmiylaştiriş, jismoniy va yuridik şaxslar notarial tasdiqlanadigan bitim loyihasini mustaqil tayyorlaganda, huquqiy va texnik tusdagi qöşimça harakatlar uçun haq tölaşdan ozod etilişi, jismoniy va yuridik şaxslarning notarial idoralarga elektron murojaat qiliş tartibi belgilanmoqda.

Mol-mulkni özga şaxsga ötkazişga taqiq qöyiş va uni bekor qiliş notarial harakati va unga alohida davlat boji tölanişi normasi ham çiqarib taşlandi. Şuningdek, qonunga yuridik şaxsning vakolatli boşqaruv organi murojaatiga köra, uning kollegial organi tomonidan qaror qabul qilinganlik faktini tasdiqlaş, notarius lavozimiga nomzodlarning stajirovka ötaş tartibi, ayrim turdagi bitim, ariza va boşqa hujjatlarni imzolaş jarayonini majburiy audio va video yozuvda qayd etiş, notariuslarni attestatsiyadan ötkaziş va ularni rotatsiya qiliş hamda boşqa özgartişlar kiritilmoqda.