“Qishloq xo‘jaligi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimida bo‘lgan quyidagi:

  • Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi;
  • Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi “Agrobiznes va boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi;
  • Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi;
  • Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti huzuridagi Veterinariya mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi;
  • Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti huzuridagi Qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi (Capacity Building Center);
  • Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti huzuridagi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Agrobiznes sub’yektlari salohiyatini oshirish markaz (Capacity Building Center)lari negizida Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi tizimida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan va davlat muassasasi shaklida Qishloq xo‘jaligi kadrlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti tashkil etiladi.

Institut Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi, “Agrobiznes va boshqaruv” yo‘nalishi bo‘yicha agrosanoat majmui uchun rahbar va mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi, Veterinariya mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi, Xalqaro qishloq xo‘jaligi universiteti huzuridagi Qishloq xo‘jaligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi (Capacity Building Center) hamda Oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti huzuridagi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Agrobiznes sub’yektlari salohiyatini oshirish markazi (Capacity Building Center) ning barcha huquq va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.