Xorazmda pul evaziga oliy ta’lim muassasasiga öqişga kiritib qöyişni va’da qilgan şaxs tezkor tadbirda qölga olindi. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, departament hamda DXXning Tuproqqal’a tumani bölimlari tomonidan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan. Unda Urganç ixtisoslaştirilgan san’at maktabi bölimi boşliği Ş.S. fuqaro J.K.ni tanişlari yordamida Yunus Rajabiy nomidagi Özbek milliy musiqa san’ati institutiga öqişga kiritib qöyişi evaziga 4 000 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.
Avvalroq Xorazm viloyatining Yangibozor tumanida ham 3 000 dollar evaziga IIV akademiyasiga öqişga kiritib qöyişni va’da qilgan şaxs uşlangandi.








