Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Semizlik aqliy salohiyatga salbiy ta'sir ko‘rsatishi aniqlandi
Foto: Shutterstock
Amerikalik olimlar jamoasi ortiqcha vazn miya faolligiga salbiy ta'sir ko‘rsatishini aniqlashdi. Science News shu haqida xabar berdi.
Tadqiqot ikki guruhga ajratilgan laboratoriya sichqonlarida o‘tkazildi. Birinchi guruh kemiruvchilari kaloriyali oziq-ovqatlar bilan, ikkinchi guruhdagilari esa tavsiya qilingan miqdordagi kaloriyali mahsulotlar bilan oziqlantirildi.
Uch oy ichida birinchi guruh sichqonlarining vazni ikkinchisiga nisbatan o‘rtacha 40 foizga oshdi, ularning aqliy salohiyati esa pasaydi. Masalan, sichqonlarning labirintdan chiqishi sekinlashgani va tashqi ta'sirlarga sekinroq reaksiya qilayotgani kuzatilgan.
Ortiqcha vazn to‘plagan sichqonlarda mikrogliylar - aqliy salohiyatga ta'sir qiluvchi hujayralar soni oshgani aniqlangan. Mutaxassislar bu o‘z-o‘zidan xavfli emasligi, lekin ularning ko‘payishi miyadagi signallarni sekinlashtirish mumkinligini ma'lum qilishdi. Olimlar sog‘lom sichqonlar ortiqcha vaznli sichqonlarga nisbatan nafaqat tezkor, balki aqlliroq ham ekanini ta'kidlashmoqda.
Mavzuga oid
22:07 / 26.02.2026
Xitoyda aholining semizligi tufayli «shakar solig‘i»ni joriy etish taklif qilindi
16:19 / 21.02.2026
Qorin atrofida to‘planadigan yog‘lar: nega ba’zan diyeta ham, sport ham yordam bermaydi?
22:37 / 07.02.2026
Yangi avlodning aqliy salohiyati ota-onalarinikidan past – neyrobiolog
20:27 / 08.12.2025