O‘zbekiston | 19:28 / 12.09.2018
3017
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda IV Yevroosiyo konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda

12 sentabr kuni poytaxtdagi “Lotte City Hotel” mehmonxonasida Toshkent shahridagi Inha universiteti tashabbusi bilan «Fazoviy ma'lumotlar infratuzilmasi bo‘yicha IV Yevroosiyo konferensiyasi: axborot texnologiyalari asosiy vosita sifatida» mavzusidagi tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda dasturiy ta'minot, sun'iy yo‘ldosh, uchuvchisiz uchish vositalariga doir yetakchi xalqaro kompaniyalarning taqdimotlari, davra suhbatlari tashkil etilib, ko‘rgazma stendlari namoyish etildi.

Foto: Inxa universiteti Matbuot xizmati

IV Yevroosiyo konferensiyasi (Eurasia SDI) - ma'muriy samaradorlik, yangi iqtisodiy qiymatni yaratishdagi axborot infratuzilmasi uchun ma'lumot bilan ta'minlovchi vosita bo‘lib, u ko‘p tarmoqli sanoatni kengaytirish orqali milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

Foto: Inxa universiteti Matbuot xizmati

Eurasia SDI'ning maqsadi Koreya Respublikasi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, Yevroosiyo mintaqasida geofazoviy ma'lumotlarning muvofiqligini ta'minlash va ulardan foydalanish hisoblanadi.

I Eurasia SDI 2015 yilda Janubiy Koreyada, ikkinchisi 2016 yilda Qozog‘istonda hamda uchinchisi Qirg‘izistonda tashkil etilgan. 

IV Yevroosiyo konferensiyasida 100ga yaqin ishtirokchi, jumladan, Koreyadan 20dan ziyod, MDH va Yevropadan esa 20 dan ortiq mehmon qatnashadi.

Foto: Inxa universiteti Matbuot xizmati


Bundan tashqari, konferensiya doirasida «O‘zbekistonda AKT rivojlanishining hozirgi holati», «O‘zbekistonda Milliy GMT», «SDI uchun qo‘shma platforma», «Geofazoviy ma'lumotlarning rivojlanishidagi texnologik yo‘nalishlar» va boshqa mavzularda taqdimot sessiyalari bo‘lib o‘tadi.

Foto: Inxa universiteti Matbuot xizmati
Foto: Inxa universiteti Matbuot xizmati