O‘zbekiston savdo hajmini oshirish uchun Belarusga «yashil yo‘lak» tashkil etishni taklif qildi
O‘zbekiston meva-sabzavot va tekstil mahsulotlari savdosini soddalashtirish uchun Belarusga «yashil yo‘lak» tashkil qilish taklifi bilan chiqdi. Bu haqda O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Nodir Otajonov ma'lum qildi.
«O‘zaro mahsulot yetkazib berish, birinchi navbatda meva-sabzavot va tekstil mahsulotlari uchun bojxona rasmiylashtiruvining «yashil yo‘lak» deb ataluvchi soddalashtirilgan mexanizmini taklif etamiz», – dedi Otajonov Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Belarus biznes-forumida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Belarus investitsion hamkorlik va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish uchun foydalanilmayotgan ulkan salohiyatga ega. «Biz O‘zbekistonda Belarus biznesi faoliyatining kengayishidan manfaatdormiz», – deb ta'kidladi bosh vazir o‘rinbosari.
12 sentabr kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Toshkentga rasmiy tashrifini boshladi.
Belarus prezidentining rasmiy tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar 13 sentabr kuni bo‘lib o‘tadi. U ertaga Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazadi. Muzokaralar tor shaklda va delegatsiyalar a'zolari ishtirokidagi kengaytirilgan shaklda bo‘lib o‘tadi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik, ishlab chiqarish kooperatsiyasini rivojlantirish va O‘zbekistonda talabgir bo‘lgan texnika ishlab chiqarish bo‘yicha yig‘ish korxonalarini tashkil etish masalalarini muhokama qilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
21:49 / 11.06.2024
Rossiya va Eron hamkorlik shartnomasi tuzish jarayonini to‘xtatdi
18:30 / 22.05.2024
Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil yig‘ish zavodi test rejimida ishga tushiriladi
18:28 / 19.03.2024
Ozarboyjon bilan energetika sohasida hamkorlik qilinadi
18:32 / 05.03.2024