Jahon | 22:02 / 13.09.2018
24332
2 daqiqa o‘qiladi

Avstraliyada dunyodagi eng katta sof holdagi oltin bo‘lagi topildi

G‘arbiy Avstraliyadagi Beta Hunt konida Genri Doul ismli burg‘ilovchi dunyodagi eng katta sof holdagi oltin bo‘lagini topdi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda. 

Uning og‘irligi 88,9 kg bo‘lib, unda taxminan 63,5 kg oltin bor. Qiymati 2 mln dollar turuvchi bu bo‘lakni ko‘tarish uchun uch kishi sa'y-harakati talab etilgan.

E'tiborlisi, Doul bu oltin bo‘lagini topgandan ko‘p o‘tmay 60 kgcha keladigan yana bir oltin saqlovchi bo‘lakni topgan.

16 yildan ko‘proq vaqtdan beri burg‘ilash bilan shug‘ullanuvchi Doul avval bunday topilmani ko‘rmaganini aytgan.

Doul topilmasi shu kungacha saqlanib qolgan, eng katta oltin saqlovchi bo‘lak deb hisoblanuvchi va 70 kg keluvchi “Orzu qilingan notanish”dan og‘irroqdir. Shuningdek, 1872 yilda Avstraliyada 90 kglik “Xolterman plitasi” deb nomlangan oltin saqlovchi bo‘lak topilgani haqida ma'lumot bor, biroq u eritishga topshirib yuborilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid