Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarus O‘zbekistonga AES qurishda yordam ko‘rsatadi
Belarus AES qurilishi bo‘yicha tajribalarini O‘zbekiston bilan o‘rtoqlashadi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralar yakunida ma'lum qilgan.
«Biz O‘zbekistonda atom elektrostansiyasi qurilishida belaruslik hamkorlarimizning ulkan tajribasidan foydalanmoqchimiz. Aleksandr Grigorevich (Lukashenko) aytdiki, belaruslar qurilish, texnologik jarayonlar, eng muhimi – kadrlar tayyorlash borasidagi tajribalarini biz bilan o‘rtoqlashishadi. Bu biz uchun juda ham zarur», – deya Mirziyoyevning so‘zlarini keltirgan Kun.uz muxbiri.
Qayd etish kerakki, Belarus Ostrovets shahrida o‘z Atom elektrostansiyasini barpo etmoqda. BelAES ikkita energoblokdan tashkil topgan. Birinchi energoblok ishga tushirilishi 2019 yilga mo‘ljallangan, ikkinchisi - 2020 yilga.
O‘tgan haftada O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning Rossiyaga tashrifi chog‘ida RF bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan O‘zbekiston hududida atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolagandi.
O‘zbekiston va Rossiya atom energiyasidan tinch maqsadlarda foydalanish sohasidagi hamkorlikni 2017 yil dekabrida hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo bitim imzolanganidan keyin boshlagan edi.
«Rosatom» O‘zbekistonda «3+» VVER-1200 zamonaviy avlod stansiyalarini qurishni taklif qilgan. Rossiyaliklarning Bangladeshdagi xuddi shunday stansiyani qurish loyihasi taxminan 13 mlrd. AQSh dollarini tashkil qilgan.
Shu yilning may oyida «Rosatom» bosh direktori Aleksey Lixachyov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuv davomida O‘zbekistonda atom elektrostansiyasini qurish masalasi muhokama markaziga aylangani hamda O‘zbekiston Rossiyaga Navoiy viloyatida AES qurishni taklif etganini ma'lum qilgandi.
Bundan avvalroq Belarus Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Leonid Marinich Belaruslik mutaxassislar O‘zbekistondagi AES qurilishida bevosita ishtirok etishga tayyorligi haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
09:10 / 07.06.2026
AES narxi ochiqlandi, yirik pudrat sxemasi fosh bo‘ldi - hafta dayjesti
16:12 / 05.06.2026
AESda ishlab chiqarilgan 1 kWh elektr narxi 1000 so‘mdan past bo‘ladi - Azim Ahmadxo‘jayev
10:59 / 05.06.2026
O‘zbekistonda quriladigan AES qiymati 9,5 milliard dollardan oshmaydi - "O‘zatom" direktori
08:19 / 05.06.2026