Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mehnat migrantlari faoliyati qanday monitoring qilinadi?
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini xorijda uyushgan holda ishga joylashtirish tizimini yanada takomillashtirish va tubdan qayta ko‘rib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan Xorijda vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini uyushgan holda tanlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizom bilan mehnat migrantlari faoliyatining monitoringi tartibi belgilandi.
Ishga joylashtiriladigan davlatda mehnat migrantlari faoliyatining monitoringi, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish:
O‘zbekiston Respublikasi Konsullik muassasalarining mehnat masalalari bo‘yicha attashesi;
Agentlikning xorijiy vakolatxonalari;
Agentlikning davlat va nodavlat xorijiy hamkorlari;
yuboruvchi tashkilotlar;
nodavlat notijorat tashkilotlari;
boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi mehnat migrantlarini vijdonsiz ish beruvchidan himoya qilishda va mehnat migrantlari tomonidan huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olishda quyidagi barcha jihatlar monitoringini olib borish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining maxsus vakolatli organi hisoblanadi:
vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida mehnat migrantlarini jalb qilish uchun uz mamlakatining vakolatli organlarida rasman ro‘yxatga olingan yoki akkreditatsiyadan o‘tkazilgan xorijiy ish beruvchilar bilan bitimlar tuzish;
talabgorlarni tanlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish uchun yuboruvchi tashkilotlar tomonidan tuziladigan shartnomalarning va mehnat migrantlari tomonidan xorijiy ish beruvchilar bilan tuzilgan mehnat shartnomalarining qonun hujjatlariga hamda xalqaro huquq va boshqa qonun hujjatlari normalariga muvofiqligini ta'minlash maqsadida nazorat qilish;
ishga joylashtiriladigan davlatda xodimlarning tegishli toifasi uchun belgilangan ish haqidan kam bo‘lmagan darajada mehnat migrantlarini ish haqi bilan ta'minlash normalariga rioya etish;
ishga joylashtiriladigan mamlakatda belgilangan munosib yashash va ishlash shart-sharoitlarini ta'minlash normalariga rioya qilish.
Zarurat bo‘lsa, Agentlik va uning xorijdagi vakolatxonalari mehnat migrantlari manfaatdor bo‘lgan turli masalalar yuzasidan uchrashuvlar o‘tkazadi, tibbiy xizmatlardan foydalanishda ko‘maklashadi, mehnat migrantlarining huquqlari ish beruvchi tomonidan buzilishining oldini oladi.
Mavzuga oid
18:06
Rossiyada migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish muddati qisqartiriladi
17:43 / 04.06.2026
1 iyundan Rossiya qonunchiligida migrantlar uchun qator o‘zgarishlar kuchga kirdi
18:42 / 01.06.2026
YeI Qozog‘iston va O‘zbekistonda migratsiya markazi ochishi mumkin - OAV
18:32 / 27.05.2026