O‘zbekiston | 20:10 / 13.09.2018
23825
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda ekskavator ishlab chiqariladigan qo‘shma korxona rasman ochildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Toshkent qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi hududida tashkil etilgan «Amkodor-Agrotexmash» qo‘shma korxonasini ochib berishdi.

Umumiy qiymati 33 million dollar bo‘lgan mazkur loyiha 2018-2021 yillarga mo‘ljallangan. Bugun rasman ishga tushgan birinchi bosqichda qurilish va qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan 12 turdagi ekskavatorlar ishlab chiqariladi. Mahalliylashtirish darajasi 2019 yilda 22 foizga, 2021 yilda kamida 50 foizga yetkaziladi.

«Davlatimiz rahbari mahsulot turlarini ko‘paytirish va mahalliylashtirish darajasini oshirish zarurligini ta'kidladi. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi texnikalarini mintaqamizdagi mamlakatlarga yetkazib berish uchun qulayligini qayd etdi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Shu yerda qo‘shma korxonada ishlab chiqarilgan dastlabki ekskavatorlar namoyish etilgan.

Mavzuga oid