21:33 / 15.09.2018
16980

APLda «gollar yomg‘iri». 5 o‘yinda 18 gol

Foto: Premer Liga

Angliya premer-ligasida yana 5 uchrashuv o‘tkazildi.

«Chelsi» o‘z maydonida «Kardiff» bilan bellashdi.

Avvaliga Bamba mehmonlar jamoasini hisobda oldinga olib chiqqandi. Keyin Eden Azar ketma-ket uchta gol urdi. Uning ikki goliga Jiru hammualliflik qildi, to‘rtinchi golni Villian o‘z hisobiga yozib qo‘ydi - 1:4.

Bu natijadan so‘ng, «Chelsi» 15 ochko jamg‘arib, to‘plar nisbatiga ko‘ra peshqadam bo‘lib oldi.

«Manchester Siti» «Manchester Siti» o‘z maydonida «Fulhem»ni qabul qildi va 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollar Sane, Silva va Sterling hisobiga yozildi.

Bu natijadan so‘ng, «Manchester Siti» 13 ochko bilan 3-o‘rinda, «Fulhem» esa 4 ochko bilan 15-o‘rinda bormoqda. 

«Arsenal» bu turda «Nyukasl» mehmoni bo‘ldi va g‘alaba bilan qaytdi.

O‘yinning ikkinchi bo‘limi boshida Granit Chaka jarima zarbasini golga aylantirib, hisobni ochdi. 58-daqiqada Mesut O‘zil jamoasi ustunligini oshirdi. O‘yin oxirida Klark «Nyukasl»ning javob goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, Unai Emeri shogirdlari qatorasiga uchinchi uchrashuvda g‘alaba qozonib, turnir jadvalida 9 ochko to‘plagan holda 7-o‘ringa ko‘tarildi. «Nyukasl» esa 5 o‘yindan keyin 1 ochko bilan oxirgi o‘rinlardan birida joylashgan.

«Bornmut» o‘z maydonida «Lester»ni 4:2 hisobida yengdi. «Haddersfild» «Kristal Pelas»ga 0:1 hisobida yutqazdi.

Angliya chempionati
5-tur
Chelsi – Kardiff 4:1
 (2:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 16 Bamba, 1:1 – 37 Azar, 2:1 – 44 Azar, 3:1 – 80, penalti Azar, 4:1 – 83 Villian. 
Chelsi – Arrisabalaga, David Luiz, Alonso, Aspilikueta, Ryudiger, Kovachich (Barkli, 50), Jorjino, Pedro (Villian, 68), Kante, Azar (Dzappakosta, 84), Jiru.
Kardiff – Eterij, Morrison, Bennett, Manga, Bamba, Arter (Richards, 46), Rolls, Rid (Paterson, 71), Kamarasa, Xoylett, Uord (Medin, 77).

Manchester Siti – Fulxem 3:0 
15 sentabr, «Etixad Stedium» 
Gollar: 1:0 – 2 Sane, 2:0 – 21 Silva, 3:0 – 47 Sterling. 
Manchester Siti – Ederson, Laport, Otamendi, Uoker, Delf (Gyundogan, 67), Silva, Fernandino, Sterling (Mahrez, 74), Bernardu Silva, Sane, Aguero (Gabriel Jyezus, 54).
Fulhem – Bettinelli, Mouson, Odoi, Kristi, Seri (Zambo-Angissa, 56), Sessenon, Yuxansen, Makdonald, Shyurrle, Vetto (Ayite, 69), Mitrovich.

Nyukasl – Arsenal 1:2 (0:0, 1:2)
Gollar: 0:1 – 49 Chaka, 0:2 – 58 O‘zil, 1:2 – 90 Klark.
Nyukasl – Dubravka, Dammett, Yyedlin, Fernandes, Lassels (Klark, 46), Diame, Ritchi (Muto, 79), Xeyden, Merfi (Kenedi, 69), Peres, Xoselu.
Arsenal – Chex, Mustafi, Monreal, Bellerin, Papastatopulos, Chaka, Remzi (Uelbek, 80), Genduzi (Torreyra, 46), O‘zil, Obameyang (Mxitaryan, 69), Lyakazett.

Bornmut – Lester 4:2 (3:0, 1:2)
Gollar: 1:0 – 19 Freyzer, 2:0 – 37 Freyzer, 3:0 – 41, penalti King, 4:0 – 81 Smit, 4:1 – 88, penalti Meddison, 4:2 – 89 Olbrayton.
Bornmut – Begovich, Kuk, Riko, Smit, Ake, Gosling, Lerma (Kuk, 78), Freyzer, Bruks (Frensis, 68), King (Musse, 85), Uilson.
Lester – Shmeyxel, Morgan, Chiluell, Rikardu Pereyra, Maguayr, Mendi, Ndidi, Meddison, Gezzal (Olbrayton, 61), Grey (Ixeanacho, 61), Vardi (Evans, 84).
Ogohlantirishlar: Maguayr (12), Lerma (29), Morgan (45), Shmeyxel (70), Uilson (71), Gosling (79).
Chetlatish: Morgan (69).

Haddersfild – Kristal Pelas 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 38 Zaa.
Haddersfild – Lessl, Yorgensen (Depuatr, 78), Shindler, Kongolo, Xaderdjonay, Billing, van La Parra (Mbenza, 78), Kachunga (Diakabi, 68), Muy, Leve, Mune.
Kristal Pelas – Xennessi, Tomkins, van Anxolt, Uan-Bissaka, Sako, Milivoyevich, Kuyate, Makartur, Taunsend (Shlupp, 90), Zaa, Ayyu.
Ogohlantirishlar: Makartur (11), Yorgensen (27), Zaa (29).

Top