Ilon Maskni eng band kişilardan deb atasa böladi. Tesla va SpaceX asosçisi va rahbari har ikkala kompaniya uçun haftasiga 100 soatga yaqin vaqt sarflaydi. Şu bilan birga farzandlari bilan vaqt ötkaziş, maşqlar qiliş va xobbi bilan şuğullanişni ham unutmaydi. Bariga qanday qilib ulguradi?

Tadbirkor Mayo Oşin Maskning biografiyasini örgandi va u vaqtni bloklarga ajratişini aniqladi. Uning uslubi quyidagiça işlaydi.
Ba'zilar Ilon Mask çalğimaslik böyiça tabiiy bölmagan qobiliyatga egaligini aytsa, boşqalar uni iqtidor egasi deb sanaydilar. Biroq uning taym-menejmenti tahsinga sazovor. U vaqtni bloklarga ajratadi.
Ilon Mask tongda soat 7 da uyğonganida uning kuni töliq rejalaştirilgan böladi. Vaqtining har bir beş daqiqalik bloki iş bilan band. Har bir ana şunday vaqt oraliğida Mask muayyan vazifani bajaradi. Masalan, xatlarga javob beradi, nonuşta qiladi yoki işga oid uçraşuvlarni belgilaydi.
Taym-menejment böyiça mutaxassis Kevin Krusning tadqiqotlari eng samarali kişilar vazifalar röyxati bilan emas, ana şu uslubdan foydalanişlarini körsatdi.
Ayrim vazifalar uçun (masalan, mana şu maqola qoralamasini yoziş uçun) vaqtni 24 ta beş daqiqali bloklarga ajratiş mumkin (ya'ni, jami ikki soat hosil böladi).
Afsuski, uslub oddiyligiga qaramay, kamçiliklarga ham ega. Masalan, ayrimlar har bir böş vaqtni rejalaştiriş – öta bir xil va mexanik maşğulot deb hisoblaydilar. Biroq uslubning mohiyati ham ana şunda – sizning har bir böş daqiqangiz va harakatlar rejasi belgilangan. Qisqa vaqt oraliği esa işni çözib yuborişga yöl qöymaydi. Boşqaça qilib aytganda, agar vaqtingiz oz bölsa, yanada samaraliroq işlaşga harakat qilasiz.
Blok uslubining yana bir afzalligi bajarişingiz mumkin bölgan işlar varianti miqdorini kamaytiradi. Şu yöl bilan maksimal samaradorlik uçun öz kuçingizni mustahkamlaysiz.

Vaqt bloki uslubini qöllaş











