Mask, kiçik Kennedi va Uayls: Trampning atrofidagilar kim va qaysilari yangi ma’muriyatda lavozim olişi mumkin?
|16:58 / 12.11.202410 35410 min
AQŞdagi prezidentlik saylovlarida ğalaba qozongan respublikaçi Donald Tramp 20 yanvar kuni bölib ötadigan inauguratsiya marosimidan keyin lavozimiga kirişadi va hozirda eng asosiy savollardan biri - u qanday jamoa bilan Oq uyga qaytişi. Ayrim ma’lumotlarga köra, uning oldingi davrasidan faqat sanoqli sodiq kişilar qolgan.
Şu kunlarda Tramp özining dastlabki tayinlovini amalga oşirdi: uning saylovoldi kampaniyasi boşliği bölgan Syuzi Uayls Oq uy apparati rahbari böladi.
Donald Trampning atrofida yana kimlar bor va uning safdoşlari orasida rollar va muhim lavozimlar qanday taqsimlanişi mumkin?
Syuzi Uayls
Syuzi Uayls — Tramp jamoasining keyingi vazifasi allaqaçon belgilangan yagona vakilidir.
Trampning saylovlardagi işonçli ğalabasi — u saylovoldi kampaniyasi rahbari sifatida bajargan işlar samarasidir. Çorşanba kungi nutqida Tramp uning rolini alohida qayd etgan va uni «muz qiz» (u «ice maiden» iborasini qöllagan) deb atagan.
Şu kunlarda u Donald Trampning ikkinçi ma’muriyati apparati boşliğiga aylanişi ma’lum böldi. Bu tarixiy tayinlov hisoblanadi, çunki Uayls bu lavozimni egallaydigan ilk ayol böladi.
Uayls siyosatga 1970-yillar oxirida kirib kelgan va Ronald Reyganning 1980 yilgi saylov kampaniyasi bilan şuğullangan jamoada işlagan. Öşanda respublikaçilar nomzodi ğalabaga erişgandi.
2010 yilda u siyosiy tajribasi deyarli yöq bölgan tadbirkor Rik Skottga yetti oy içida Florida gubernatoriga aylanişga yordam beradi. Ayni vaqtda Skott AQŞ Senati a’zosidir.
Uayls va Tramp respublikaçilarning 2015 yilgi praymerizi çoğida tanişişgan va tez orada u nomzodning Florida ştatidagi saylovoldi kampaniyasi hamraisiga aylangan, öşa vaqtda bu ikkilanuvçi ştatlardan biri edi.
2016 yilda Donald Tramp bu yerda Hillari Klintonni kiçik farq bilan mağlub etadi.
Respublikaçilar Uaylsga katta hurmat bilan munosabatda böladi. Köpçilik u hatto Trampning va uning yaqin doirasidagi odamlarning ham ambitsiyalarini tiyişga qodirligini aytgan. Bu xislati unga ma’muriyatda tartibni saqlaşda imkon berişi mumkin, apparatning oldingi tört rahbari buni uddalay olmagandi.
Trampning sözlariga öra, Uayls soyada qolişni ma’qul körişiga qaramay, AQŞning eng dovruğli siyosatçilaridan biriga aylana oldi.
Kiçik Robert Kennedi
Mavzuga oid
Sönggi ikki yil 1963 yil öldirilgan prezident Jon Kennedining qarindoşi uçun haqiqiy sarguzaşt böldi.
U atrof-muhit masalalari bilan şuğullangan huquqşunos bölib, hozirgi prezidentlik kampaniyasi davrida Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod bölişga harakat qilgandi.
Şu bilan birga, kiçik Robert Kennedining oilasi a’zolaridan köpçiligi uni vaksinatsiyaga qarşi çiqqani va turli fitna nazariyalarini tarğib qilib yurgani uçun keskin tanqid qilişgan. Uning qarindoşlari saylovoldi kampaniyasi boşidan buyon Jo Bayden qayta saylanişini qöllab-quvvatlaşgan.
Partiya içidagi kuraşda natijaga erişa olmasligiga amin bölganidan keyin u mustaqil nomzod sifatida röyxatdan ötgan. Ammo uning kampaniyasi muvaffaqiyatga erişmadi va sentabr oyiga kelib u kuraşdan çiqdi va tarafdorlarini Donald Trampni qöllab-quvvatlaşga çaqirdi.
Saylov siklining sönggi ikki oyida u Tramp saylovoldi kampaniyasining «Amerikani yana soğlom qiliş» taşabbusiga rahbarlik qildi.
Yaqinda Tramp kiçik Robert Kennedi Kasalliklar nazorati va profilaktikasi markazi (CDC) hamda Oziq-ovqat va dori-darmonlar sifati böyiça boşqarma kabi soğliqni saqlaş idoralari faoliyatida muhim rol bajarişini va’da qilgandi.
Robert Kennedi içimlik suvini ftorsiz tozalaşni yölga qöyiş uçun harakat qilişini, çunki bu modda inson organizmi uçun zararligini aytgandi. Köplab ekspertlar bu da’voga qöşilmaydi.
U şuningdek NBC News uçun bergan intervyusida vaksinatsiyaga qarşi çiqqani haqidagi da’volarni rad etgan. Özining sözlariga köra, u odamlarni emlaş huquqidan mahrum qilişni yoqlamagan, balki ular tanlov qilişidan oldin bu borada yaxşiroq xabardor qilişni tarğib etgan.
Şu intervyuda vazirlik lavozimidan köra Oq uydagi kattaroq vakolatga ega bölgan lavozimni afzal körişini bildirgan.
Ilon Mask
Dunyoning eng badavlat kişisi, Tesla va SpaceX kompaniyalari rahbari hamda X platformasi (sobiq tvitter) egasi 2022 yilda «Tramp eşkaklarini quritib, ufq ortiga ketişi kerakligi»ni aytgan bölsa-da, joriy yil boşida sobiq prezidentni qöllab-quvvatlaşini ma’lum qildi.
Şundan buyon Mask saylovoldi kampaniyasi çoğida respublikaçilarning eng faol va közga köringan tarafdorlaridan biriga aylanib, Trampni qöllab-quvvatlaş uçun uning özi tomonidan taşkil etilgan America PAC qömitasiga 119 million dollar miqdorida xayriya qildi.
Saylov kunidan biroz oldinroq Mask yana bir kampaniyani yölga qöyib, ikkilanuvçi ştatlarda röyxatdan ötgan saylovçilarga uning söz erkinligi töğrisidagi petitsiyasini imzolagani uçun pul töladi.
Jami tölovlar million dollarni taşkil etadi.
Ilon Mask 2022 yilgi oraliq saylovlar arafasda faol respublikaçiga aylandi va şundan keyin noqonuniy immigratsiya va transgenderlar huquqlari kabi masalalarda tobora köproq gapira boşladi.
Ayrim ma’lumotlarga köra, Tramp va Mask «Hukumat samaradorligi departamenti»ni (Department of Government Efficiency) taşkil etiş masalasini muhokama qilgan, uni aynan Tesla rahbari boşqarişi mumkin.
Departamentning maqsadi — budjet xarajatlarini qisqartiriş, hukumat faoliyatini isloh etiş va Mask ta’biri bilan aytganda «böğuvçi federal byurokratiya» bilan kuraşişdir.
Bölajak agentlik abbreviaturasi — DOGE — Ilon Mask faollik bilan tarğib qilayotgan DOGE kriptovalutasiga mos keladi.
Mayk Pompeo
Kanzas ştatidan sobiq kongressmen Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB) direktori bölgan, keyin Donald Trampning birinçi prezidentlik muddatida davlat kotibiga aylangan.
AQŞ taşqi siyosatidagi qirğiy va Isroilning sodiq tarafdori sifatida Pompeo AQŞning Isroildagi elçixonasi Tel-Avivdan Quddusga köçirilişida muhim rol öynagan.
U şuningdek, Avraam kelişuvlari deb nom olgan, Isroilning Birlaşgan Arab Amirliklari va Bahrayn bilan munosabatlarini normallaştirişga qaratilgan kelişuvni amalga oşirişda muhim figuralardan biri bölgan.
Pompeo öz rahbarining sodiq ittifoqçisi bölib qoldi va 2020 yilgi saylovlarda göyoki demokratlarning ğalabasiga yordam bergan soxtalaştiriş töğrisidagi asossiz da’volarida Trampni qöllab-quvvatladi. Lekin bu bayonot tekşiruvlar davomida öz isbotini topmadi.
Hozirda Pompeo mudofaa vaziri lavozimi uçun ikki asosiy da’vogardan biri sanaladi. U bu lavozim uçun Vakillar palatasiga Florida ştatidan saylangan, AQŞ armiyasi maxsus kuçlari podpolkovnigi Maykl Uolts bilan raqobatlaşişi kutilmoqda, predstavitelem Floridy v Palate predstaviteley, pod.
Riçard Grenell
Riçard Grenell Tramp davrida bir neça bor lavozimini özgartirgan: u Germaniyadagi elçi bölgan, Bolqondagi maxsus vakil sifatida işlagan hamda Milliy razvedka direktori vazifasini bajargan.
U Donald Trampga 2020 yilgi saylovlarda Nevadadagi natijalar soxtalaştirilganini isbotlaşda yordam körsatgan, bu respublikaçilar öz ğalabasiga amin bölgan hudud edi.
Tramp Grenellning sadoqatini qadrlaydi va uni «öz maxsus vakili» deb ataydi.
Sentyabrda Grenell Trampning Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uçraşuvida qatnaşgan. Tramp bir neça bor lavozimga kirişişi bilanoq, 24 soat içida Ukrainadagi uruşni töxtatişi mumkinligini aytgan.
Öz navbatida, Riçard Grenell uşbu maqsadga erişiş uçun Ukraina şarqida avtonom hudud yaratişni taklif qilgan. Kiyev bu ğoyani umuman qabul qilib bölmasligini bildirgan.
Grenell davlat kotibi yoki milliy xavfsizlik masalalari böyiça maslahatçi lavozimi uçun da’vogar sanaladi, ikkinçi lavozim Senat tomonidan tasdiqlanişni talab etmaydi.
Kerolayn Levitt
Kerolayn Levitt Donald Trampning birinçi prezidentlik muddatida Oq uy matbuot xizmatida matbuot kotibida yordamçi bölib işlagan va öşa vaqtdagi xizmatlari evaziga respublikaçilarning 2024 yilgi kampaniyasida matbuot kotibiga aylandi.
27 yoşli Levitt ambitsiyalarga ega. U 2022 yilda özi tuğilgan Nyu Hempşirdan kongressmenlikka nomzodini qöygan va agar ğalaba qozonganida tarixdagi eng yoş kongressvumenga aylangan bölardi, ammo uning kampaniyasi muvaffaqiyatsizlikka uçragan.
Trampga yaqin bölgan ayrim manbalarga köra, unga Oq uy matbuot kotibi lavozimi taklif etilmoqda. Bu lavozim egasi Amerika ma’muriyatidagi eng taniqli şaxslardan biri sanaladi.
Tom Homan
Tom Homan Trampning birinçi ma’muriyati davrida AQŞ Immigratsiya va bojxona nazorati bölimi direktori vazifasini bajaruvçi bölib işlagan. U çegarani noqonuniy kesib ötişning oldini oliş çorasi sifatida migrant bolalarni ularning ota-onasidan ajratiş amaliyoti tarafdori.
Öşa paytda u migrantlar uçun boşpana şaharlar (ya’ni deportatsiya amalga oşirilmaydigan aholi yaşaş manzillari) ğoyasini qöllab-quvvatlagan siyosatçilarni jinoiy javobgarlikka tortiş kerakligini aytganida gazetalarning birinçi sahifalariga çiqqandi.
2018 yilda, Donald Tramp prezidentligi örtasida, u migratsiya xizmatidagi lavozimini tark etadi, şundan keyin migrantlarni yoppasiga deportatsiya qiliş böyiça rejani işlab çiqişdagi muhim figuraga aylanadi.
Homan bu reja haqida oktyabr oyida CBS News uçun intervyusida aytib ötgandi.
Uning sözlariga köra, bu kvartallarni yoppasiga tozalaş emas, balki tergov harakatlari asosidagi maqsadli hibslar böladi.
Hozirda Homan Içki xavfsizlik vazirligi rahbari lavozimi uçun ehtimoliy nomzod sifatida körilmoqda.