Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tesla kapitalizatsiyasi 1 trln dollardan oshdi
Kompaniya muvaffaqiyati Donald Trampning AQSh prezidentligi saylovlaridagi g‘alabasi bilan bog‘lanmoqda. Tesla egasi Ilon Mask Trampning yaqin ittifoqchisi hisoblanadi.
Foto: Getty Images
Trampning AQSh prezidentligi saylovlaridagi g‘alabasi fonida Tesla kapitalizatsiyasi 1 trillion dollardan oshib ketdi, deb xabar beradi Quartz.
Qayd etilishicha, kompaniya aksiyalarining qiymati 2022 yil sentabrdan beri birinchi marta 300 dollardan qimmatlashgan — hozirda ular 313 dollar darajasida sotilmoqda. Oxirgi 12 kun ichida kompaniya aksiyalari narxi 44 foizga ko‘tarilgan.
«Bunday o‘sish elektromobillar ishlab chiqaruvchisini dunyoning eng qimmat kompaniyalari ro‘yxatida to‘qqizinchi o‘ringa olib chiqdi», — deyiladi xabarda.
Kompaniyaning muvaffaqiyatli Donald Trampning AQSh prezidentligi saylovlaridagi g‘alabasi bilan bog‘lanmoqda. Tesla egasi Ilon Mask Trampning yaqin ittifoqchisi bo‘lib, endi u yangi Hukumat samaradorligi departamentini boshqaradi (ushbu komissiya hukumatning to‘liq auditini o‘tkazadi). Bundan tashqari, Mask Tesla’ning o‘sishiga xalaqit berib kelayotgan elektrokarlar sohasining «haddan ortiq» nazorat qilinishini qisqartirishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq Trampning qayta saylanishi uning eng ochiq va sodiq tarafdorlaridan biri bo‘lgan Ilon Mask boyligini 26,5 milliard dollarga ko‘paytirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Endi tadbirkorning davlati 290 milliard dollarga baholanmoqda.
Bloomberg nashrining ta’kidlashicha, 5 noyabr kuni saylovning tezda yakunlangani va Trampning g‘alabasi bo‘yicha prognozlar qimmatli qog‘ozlar bozorini tezda o‘stirdi. Respublikachilar vakili saylovoldi kampaniyasida deregulyatsiya bilan bog‘liq siyosatni va biznesni qo‘llab-quvvatlovchi boshqa qonunlarni va’da qilgani bois, investorlar bu qimmatli qog‘ozlar bozoriga foyda keltirishi mumkinligini his qildi.
Mavzuga oid
23:57 / 24.01.2026
Tramp Kanadaga 100 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
22:52 / 24.01.2026
Mask Tesla robotlari sotuvini yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi
15:42 / 24.01.2026
Tramp: AQSh harbiy kemalari Eron tomon yo‘l olmoqda
13:07 / 24.01.2026