15 sentabr kuni Özbekistonda davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyati «oçiqligi indeksi»ning navbatdagi reytingi e'lon qilindi.

«Oçiqlik indeksi» reytingi 59ta davlat hokimiyati va boşqaruvi organini, jumladan, 22ta vazirlik, 11 qömita, 7 agentlik, markazlar, viloyatlar, Toşkent şahri hamda Qoraqalpoğiston Respublikasini qamrab olgan. 

Uşbu reytingdagi uçlikni Adliya vazirligi (88,12 ball), Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi (75,85 ball) hamda Markaziy bank (66,75 ball) egalladi. Ilk reytingda 12-örinda bölgan Soğliqni saqlaş vazirligi (64,30 ball) törtinçi örinda, ilk reytingda birinçi örinda bölgan Davlat soliq qömitasi (63,56 ball) esa beşinçi örinda joylaşgan.

Eng oxirgi örinlarni esa Özbekiston respublikasi Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi (26,90 ball bilan 43-örin), Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi (26,00 ball bilan 44-örin) hamda Özbekiston Respublikasi Suv xöjaligi vazirligi (15,83 ball bilan 45-örin) band etgan.

Hokimiyatlar miqyosida esa Toşkent şahri hokimligi yaqqol yetakçi - 72,07 ball bilan birinçi örin. Viloyatlar miqyosida Namangan viloyati hokimligi 65,82 ball bilan birinçi örinda, keyingi örinlarni 65,42 ball bilan Qaşqadaryo viloyati hokimligi, 56,30 ball bilan Toşkent viloyati hokimligi egallagan. Röyxatning quyi qismida esa Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi (45,68 ball), Sirdaryo viloyati hokimligi (44,86 ball) hamda Samarqand viloyati hokimligi (41,34 ball) örin olgan.

Ma'lumot uçun, Vazirlar Mahkamasi tomonidan davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligini ta'minlaş, faoliyatini muvofiqlaştiriş va monitoringini olib boriş böyiça jamoatçilik kengaşi şakllantirilgan. Uşbu kengaş 2016 yildan boşlab ekspertlar iştirokida davlat hokimiyati hamda boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligini monitoring qilib, baholaş natijalarini har yili ikki marta e'lon qilişni boşlagan.