Vazirlar Mahkamasi tomonidan davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligini ta'minlaş, faoliyatini muvofiqlaştiriş va monitoringini olib boriş böyiça jamoatçilik kengaşi şakllantirilgan. Uşbu kengaş ekspertlar iştirokida davlat hokimiyati hamda boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligini monitoring qilib, baholaş natijalarini har yili ikki marta e'lon qilib boradi.

15 sentabr kuni «Taraqqiyot strategiyasi» markazida Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlarining «Oçiqlik indeksi» böyiça navbatdagi reytingi e'lon qilindi.

Foto: Soğliqni saqlaş vazirligi

Uning natijalariga köra, Soğliqni saqlaş vazirligi 64.30 ball bilan mamlakatdagi 45ta davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari orasida — 4 örinni, 21ta vazirlik içida esa 3-örinni egalladi. Uşbu reytingdagi uçlikni Adliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi va Markaziy bank egallab turibdi.

Foto: Soğliqni saqlaş vazirligi

Ötgan galgi reyting baholaşda Soğliqni saqlaş vazirligiga davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari orasida 5-örin berilgan edi. Joriy yil 1 iyulgaça bölgan davrni özida ifodalagan «Oçiqlik indeksi» reytingi 45ta davlat hokimiyati va boşqaruvi organini qamrab oldi.

Şu paytgaça reyting baholaşda faqat davlat organlari faoliyatining oçiqligini ta'minlaş böyiça amalga oşirilgan işlarga e'tibor qaratilgan bölsa, joriy yildan bu işlarning sifati va soni, uning samaradorligini baholaş kabi yangi mezon asosida ötkazildi. Bunda, eng avvalo, davlat hokimiyati organlari rahbariyatining keng auditoriya bilan muloqoti, uçraşuv, matbuot anjumanlari, brifinglardagi bevosita iştiroki, axborot xizmatlari faoliyati va ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi hamda aholi murojaatlarini öz vaqtida qanoatlantirilganiga alohida urğu berildi.

Soğliqni saqlaş vazirligi «Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisida»gi Özbekiston Respublikasining qonunida belgilangan talablarga töliq rioya qilgan holda faoliyat olib bormoqda. Bunda vazirlik Matbuot xizmati fuqarolarning ijtimoiy ahamiyatga molik axborotlardan foydalaniş huquqini kafolatlaş, davlat organlari va aholi örtasida özaro axborot almaşişning aniq mexanizmlarini yaratiş böyiça qator amaliy işlar olib bormoqda.