WSJ: BMT ekspertlari KXDRni Suriyaga qurol sotganlikda ayblamoqda
BMT ekspertlar guruhi tayyorlagan hisobotga ko‘ra, Suriya iqtisodiy sanksiyalarni buzmoqda, xususan, Suriya, Yaman, Liviya va qurolli to‘qnashuvlar hududlari mavjud bo‘lgan boshqa davlatlarga qurol sotmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasida chop etilgan maqolada aytilmoqda.
Maqolaga ko‘ra, BMT mutaxassislari KXDRga Rossiya va Xitoy kemalarida yonilg‘i yetkazish o‘sganligini hamda Pxenyandan Xitoyga ko‘mir yetkazilganligini aniqlashgan.
2017 yil dekabrda BMT xavfsizlik kengashi KXDR tomonidan ballistik raketa sinovi o‘tkazilganligi sababli bu mamlakatga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish haqida rezolyutsiya qabul qilgandi. Hujjat bilan xom neft va neft mahsulotlari yetkazish borasida cheklovlar joriy etilgan hamda 24 oy ichida barcha mamlakatlardan Shimoliy koreyalik mehnat migrantlarini chiqarib yuborish talab qilingandi. Rezolyutsiyada shuningdek, KXDRga sanoat jihozlari, og‘ir texnika va transport vositalari yetkazish bo‘yicha ham cheklovlar ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
11:22 / 12.11.2024
Shimoliy Koreyadan qochganlar RFdagi KXDR kuchlari orasida dezertirlikka erishmoqchi
10:41 / 12.11.2024
KXDR Rossiya bilan hamkorlik shartnomasini ratifikatsiya qildi
20:11 / 10.11.2024