Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda XIX asrda barpo etilgan shaharcha sotuvga qo‘yildi

AQShning Jorjiya shtatida Tumsboro shahri deyarli butunligicha sotuvga qo‘yildi. Xaridor nafaqat turar joylar, balki ko‘plab boshqa inshootlar: restoran, mehmonxona, tegirmon va hattoki “opera teatri”ni qo‘lga kiritadi, deb aytilgan Craigslist saytida joylangan e'londa.
Shahar 1,7 mln dollarga sotilmoqda. Ta'kidlanishicha, bu qiymat Nyu-York yoki AQShning boshqa biroq yirik shahridagi nufuzli tumandagi kvartira narxiga teng.
Xaridor, shuningdek, paxta saqlash uchun ombor, banket zali, sartaroshxona, eski bank binosi, 1869 yilda qurilgan temir yo‘l deposi, sun'iy hovuz, artezian chashmasiga ega bo‘ladi.

“Shaharning hozirgi egalari Tumsboro yaxshi qo‘llarga tushishiga umid qilishmoqda. Shaharning yangi egalari bu joyning o‘ziga xosligini va uning tarixiy qiyofasini saqlab qolishlari muhimligini anglashlari lozim”, deb aytilgan saytda. Shaharni sotuvga qo‘yganlar undan turistik maskan va ochiq osmon ostidagi muzey, musiqiy festivallar yoki filmlar suratga olish joyi sifatida foydalanish mumkinligini aytishmoqda.
Tumsboro shahri XIX asrning ikkinchi yarmida temir yo‘l deposi atrofida barpo etilgan. Uning umumiy maydoni 4,9 kv. km ni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
09:31
Tramp Hindistonga Rossiyadan neft sotib olishdan voz kechishi evaziga boj to‘lovlarini bekor qildi
09:02
Ummon: AQSh va Eron o‘rtasidagi “yadroviy” muzokaralarning birinchi bosqichi yakunlandi
21:30 / 06.02.2026
Tramp Obama yuzi tasvirlangan maymun videosini e’lon qildi
15:49 / 06.02.2026