Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik milliarder Time jurnalini 190 mln dollarga sotib olmoqda
Foto: AP/Chris Stewart
Amerikalik tadbirkor, saxovatpesha va Salesforce korporatsiyasi direktori Mark Benioff rafiqasi bilan birga Meredith media konglomeratidan Time jurnalini 190 mln dollarga sotib olmoqda. Bu haqda CNN telekompaniyasi ma'lum qildi.
Ushbu xarid bo‘yicha bitimni 30 kundan keyin yopish rejalashtirilmoqda.
Meredith 2017 yilda o‘nlab OAV, jumladan Time, Fortune va People jurnallariga egalik qiluvchi Time Inc. matbaa kompaniyasini sotib olgandi. The New York Times nashri ma'lumotlariga ko‘ra, o‘sha bitimda aka-uka milliarderlar Charlz va Devid Koxlar ishtirok etishgandi. Meredith ularga tegishli tuzilmalardan ushbu maqsadda 650 mln dollar olgan.
Mavzuga oid
20:44 / 11.12.2025
Time jurnali sun’iy intellekt me’morlarini «yil odami» deb e’lon qildi
19:36 / 14.10.2025
Tramp TIME muqovasidagi suratini tanqid qildi
22:19 / 07.02.2025
Time muqovasiga prezident kursisida o‘tirgan Ilon Mask surati joylashtirildi
16:47 / 23.11.2023