Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin va Erdo‘g‘an 4,5 soatlik muzokaradan keyin Idlib bo‘yicha kelishuvga erishdi
Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning Sochidagi muzokaralari 4,5 soat davom etdi.
Putin Bocharov ruchey qarorgohida o‘tgan muzokaralarni sermazmun deb atagan. Bu muzokaralar joriy yilda Putin va Erdo‘g‘an o‘rtasida bo‘lib o‘tgan 4-muzokaralar bo‘ldi.
Putin uchrashuv natijalariga izoh berar ekan, Rossiya va Turkiya Suriyaning Idlib viloyatida qurollangan muxolifat va hukumat qo‘shinlari to‘qnashish chizig‘i bo‘ylab qurolsizlashtirilgan hudud tashkil etishga kelishib olganini ma'lum qilgan.
Putinning ta'kidlashicha, ushbu hudud eni 15-20 kmga cho‘zilib, 15 oktabrda tashkil etiladi. Hududni Turkiya qurolli kuchlari bo‘linmalarining harakatchan patrul guruhlari va Rossiya harbiy politsiyasi nazorat qiladi.
Erdo‘g‘anning taklifiga ko‘ra, ushbu hududdan 10 oktabrgacha og‘ir texnika, tanklar, yoppasiga o‘t ochish reaktiv tizimlari, barcha muxolif guruhlarning qurol-aslahasi va minomyotlari olib chiqiladi.
Putin tez fursatlarda Suriyada konstitutsiyaviy komissiya faoliyatini ta'minlashga chaqirdi. Rossiya prezidenti, shuningdek, yaqin orada Idlibdagi vaziyatni tartibga solish bo‘yicha maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tishini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
16:23
Armaniston hukumati geosiyosiy kursini o‘zgartirish uchun xalqdan mandat oldi - siyosatshunoslar
14:20
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
18:53 / 10.06.2026
Qozog‘iston Rossiya gazining O‘zbekistonga tranzitini oshirishga tayyorligini ma’lum qildi
08:45 / 09.06.2026