Jamiyat | 19:43 / 18.09.2018
8018
2 daqiqa o‘qiladi

Mehnat nizosini hal qilishni so‘rab murojaat etish muddati qancha?

Foto: Fotolia

KUN.UZ tahririyati kelayotgan taklif va savollarga asoslangan holda qonunchilikka oid eng ko‘p beriladigan savollarga to‘xtalib o‘tadi.

Savol: Sudga yoki mehnat nizolari komissiyasiga qancha muddatga murojaat qilinishi kerak? 

Javob: O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 270-moddasi mazkur savolga asoslar belgilangan.  Murojaat etish uchun quyidagi muddatlar belgiladi:

  • ishga tiklash nizolari bo‘yicha — xodimga u bilan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqidagi buyruqning nusxasi berilgan kundan boshlab bir oy;
  • xodim tomonidan ish beruvchiga yetkazilgan moddiy zararni to‘lash haqidagi nizolar bo‘yicha — zarar yetkazilganligi ish beruvchiga ma'lum bo‘lgan kundan boshlab bir yil;
  • boshqa mehnat nizolari bo‘yicha — xodim o‘z huquqi buzilganligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan kundan boshlab uch oy.

Muddatlar uzrli sabablarga ko‘ra o‘tkazib yuborilgan taqdirda, bu muddatlar sud yoki mehnat nizolari komissiyasi tomonidan asoslarga ko‘ra qayta tiklanishi mumkin.

Shuningdek, xodimning sog‘ligiga yetkazilgan zararni qoplashga doir nizolar bo‘yicha sudga murojaat qilish uchun muddat belgilanmaydi.