Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga AQSh Milliy gvardiyasi delegatsiyasi rasmiy tashrif bilan keldi
18 sentabr kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri Abdusalom Azizov O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Missisipi shtati Milliy gvardiyasi qo‘mondoni – shtat gubernatori o‘rinbosari, general-mayor Jyenson Boylz boshchiligidagi harbiy delegatsiyani kutib oldi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
“Uchrashuvda mudofaa sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati muhokama qilinib, istiqboldagi rejalar belgilab olindi. O‘zaro manfaatli hamkorliklarni kuchaytirish hamda Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni ta'minlash borasida fikrlar almashildi”, deyiladi xabarda.
Suhbat davomida Abdusalom Azizov mamlakatlararo har tomonlama va ko‘p rejali hamkorlikni rivojlantirishda joriy yilning may oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga amalga oshirgan rasmiy tashrifi ikki davlat hamkorligi uchun katta yutuqlar zaminini yaratganini aytib o‘tdi.
Shundan keyin mehmonlar Qurolli Kuchlar akademiyasining vazifa va faoliyati hamda malakali harbiy kadrlarni yetishtirishda zamonaviy yondashuvlar, kursantlarning ta'lim olishi va yashashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Mavzuga oid
10:07 / 18.04.2026
AQSh Rossiya neftiga oid yengilliklarni 16 maygacha uzaytirdi
22:12 / 17.04.2026
Tramp Ho‘rmuz bo‘g‘ozi ochilganiga qaramay, Eron portlari blokadasi saqlanib qolishini aytdi
19:30 / 17.04.2026
AQShning Ho‘rmuz blokadasi ish beradimi? Trampning maqsadi nima?
17:37 / 17.04.2026