Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya xorijliklarga fuqarolik berilishini soddalashtirdi
Foto: RIA Novosti / Anton Denisov
Turkiya xorijliklarga fuqarolik berilishini ancha soddalashtirdi. Turkiya prezidentining tegishli farmoni hukumat nashri Resmi Gazete’da chop etilgan.
Farmonga ko‘ra, Turkiya fuqaroligini olishga huquqni olishni ko‘zda tutuvchi kapital qiymati 2 mln dollardan 500 ming dollargacha, xorijliklarga Turkiya fuqaroligiga o‘tish uchun ular egalik qiladigan ko‘chmas mulkning minimal qiymati 1 mln dollardan 250 ming dollargacha kamaytiriladi. Shuningdek, xorijliklar tomonidan ish taqdim qilish bandiga o‘zgartirish kiritilgan. Endi fuqarolik olish uchun avvalgidek 100 kishini emas, 50 kishini ish bilan ta'minlash yetarli hisoblanadi. Fuqarolik olish uchun Turkiya banklarida saqlanishi kerak bo‘lgan depozitlar summasi 3 mln dollardan 500 ming dollargacha kamaytirilgan.
Avvalroq Aydinlik nashri mashhur fransuz aktyori Jyerar Deparde Turkiya fuqaroligini olishni istayotgani haqida ma'lum qilgandi. Aktyorning aytishicha, u bu masalani oktabrda Turkiyaga tashrifi vaqtida Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan muhokama qilmoqchi. Ma'lum qilinishicha, Deparde Turkiya fuqaroligini Turkiya oldidagi xizmatlari yoki yirik sarmoyalar uchun soddalashtirilgan tartibda olishi mumkin.
Mavzuga oid
23:32 / 16.04.2026
Bolalarni o‘ldirgan bolalar. Turkiya maktablaridagi qonli otishmalar tafsiloti
12:53 / 16.04.2026
Turkiyadagi maktabda ro‘y bergan otishma qurbonlari soni ortdi
18:05 / 15.04.2026
Turkiyadagi maktabda otishma ro‘y berdi. Qurbonlar va yaralanganlar bor
14:29 / 14.04.2026