Jamshid Qo‘chqorov Islom taraqqiyot banki prezidenti bilan uchrashdi
Moliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov va ITB Guruhi hamda Arab muvofiqlashtiruvchi guruhi (AMG) delegatsiyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
ITB prezidenti mamlakatda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarga yuqori baho berdi.
Bandar Asad al-Hajar o‘z nutqida: “Islom taraqqiyot banki va mening kasbdoshlarim nomidan minnatdorchilik izhor etib, bizni e'tirofimiz va O‘zbekiston bilan hamkorlikka sodiqligimizni ta'kidlashni istardim. Bizning tashrifimiz maqsadi aloqalarni yanada mustahkamlashdir.
Biz ITB guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasidagi loyihalarni moliyalashtirishni boshlangandan so‘ng jami portfel qiymati 1,9 mlrd. AQSh dollarini tashkil etganidan mamnunmiz. Moliyalashtirish mamlakat hayotining barcha sohalarini o‘z ichiga oladi: qishloq xo‘jaligi, uy-joy va yo‘l qurilishi, suv ta'minoti, ta'lim va ko‘plab boshqa sohalar. Bizni qiziqtirgan va ishonchga asoslangan uzoq muddatli va manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga ishonamiz”, – deb ta'kidlab o‘tdi.
Joriy yilning 18 sentabr kuni Islom taraqqiyot banki va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida 2018-2021 yillar davomida 1,3 milliard dollar mablag‘ ajratiladigan Hamkorlik strategiyasi imzolandi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda delegatsiya a'zolariga oldinda turgan ishbilarmonlik va investitsiya muhiti yanada yaxshilashga qaratilgan iqtisodiy islohotlar, soliq tizimini rivojlantirish, xususiy tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash, shuningdek davlat xususiy hamkorligini rivojlantirish haqida reja va vazifalar haqida ma'lumot berildi.
Delegatsiya a'zolari amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan qonunchilikni rivojlantirish, xususiy sektorga imtiyoz va preferensiyalar berilishi muhimligini ta'kidladilar. Bu o‘z o‘rnida O‘zbekistonning investitsion jozibadorligini oshirib, mamlakatning iqtisodiy o‘sishiga turtki beradi.
Tashrif yakunida tomonlar uchrashuvning yuqori mahsuldorligini qayd etib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirish va mustahkamlash niyatida ekanliklarini ta'kidladilar.
Ma'lumot uchun: Islom taraqqiyot banki (ITB) 1973 yil 18 dekabrda Islom Konferentsiyasi Tashkilotining a'zo davlatlar moliya vazirlari yig‘ilishida tashkil etilgan va 1975-yil oktabr oyida o‘z faoliyatini boshlagan.
O‘zbekiston va ITB o‘rtasida hamkorlik 1991 yil boshlangan. Shu yil ITB Buxoro shahridagi bir qator tarixiy obidalar rekonstruksiyasi uchun grantlar ajratgan.
Mavzuga oid
13:25 / 19.10.2024
Iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi” unvoni berildi
08:50 / 12.10.2024
«2025 yilda energotariflar islohotining asosiy bosqichi yakunlanadi» - bosh vazir o‘rinbosari
22:19 / 11.10.2024
O‘zbekiston 2027-2028 yillarda elektr va gaz ulgurji bozoriga o‘tishni yakunlaydi – Jamshid Qo‘chqorov
14:16 / 03.06.2024