Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» rekord o‘rnatdi
«Real» Chempionlar ligasi guruh bosqichi birinchi turi doirasida Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida o‘tkazilgan bahsda «Roma» darvozasiga javobsiz 3ta gol urdi.
Gracenote Live ma'lumotiga ko‘ra, bu orqali «Qirollik klubi» rekord o‘rnatdi - «qaymoqranglilar» jamoasi yevrokuboklardagi uy stadionida kechgan so‘nggi 43ta o‘yinning har birida gol urishdi.
Avvalgi rekord «Tottenhem Hotspur»ga tegishli bo‘lib, ushbu klub 1961 yildan 1984 yilgacha qatorasiga 42ta yevrokubok o‘yinida gol kiritgan.
«Real» va «Roma»ning G guruhi bo‘yicha raqiblari, Moskvaning TsSKA jamoasi hamda Chexiyaning «Viktoriya Plzen» klubi o‘zaro to‘qnash keldi. Chexiya jamoasi «armiyachilar» bilan durang qayd etdi — 2:2. Shu tariqa, «Real» guruh turnir jadvalida birinchi o‘ringa chiqib oldi, TsSKA va «Viktoriya Plzen» ikkinchi hamda uchinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi, «Roma» so‘nggi pog‘onada joylashgan.
Mavzuga oid
12:14 / 08.06.2026
Peres saylovda g‘alaba qozondi
21:55 / 05.06.2026
«Real» jiddiy qayta qurish davriga kirmoqda
12:04 / 04.06.2026
«Real» tarixidagi asosiy tahdidni to‘xtatish kerak». Peresni jangga chorlagan kim?
23:45 / 31.05.2026