Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi o‘zining eng arzon noutbukini ishlab chiqardi
Xiaomi kompaniyasi o‘zining eng arzon — Xiaomi Notebook Youth Edition noutbukini taqdim etdi, deb xabar berdi Gizchina.

Noutbuk narxi 670 dollarni tashkil etadi.
Model FullHD displeyi diagonali 15,6 dyuym bo‘lib, Intel Core i5 protsessori bilan jihozlangan. Tezkor xotira hajmi 8 Gbga teng. Noutbukka shuningdek, GeForce MX110 videokartasi o‘rnatilgan.
Bundan tashqari, Xiaomi Notebook Youth Edition bir gigabitli Ethernet, HDMI porti, bitta USB 2.0 va ikkita USB 3.0 tirqishiga ega.
Xiaomi o‘tgan oyda o‘zining eng arzon flagman smartfoni Pocophone’ni namoyish etgandi, uning narxi 300 dollardan boshlanadi.


Mavzuga oid
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
15:00 / 04.06.2026
Xiaomi 17T seriyasi taqdim etildi - emotsiyalar, konsertlar va shahar hikoyalarini tasvirga olish uchun smartfonlar
13:56 / 28.04.2026
Talabaga mos noutbukni qanday tanlash mumkin?
00:56 / 20.04.2026