Grace Travel bilan unutilmas Umra safariga!
Saudiya Arabistonida rasman ro‘yxatga olingan va Haj, Umra ibodat amallarini bajaruvchi musulmonlarga 60 yildan buyon muvaffaqiyatli xizmat ko‘rsatib kelayotgan Al Hussam Umrah kompaniyasi O‘zbekistonning Grace Travel jamiyati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Yangi mavsumda (oktabr, noyabr, dekabr oylari uchun, kelgusi yildan boshlab har oyda) hamkorlar o‘zbekistonlik barcha musulmonlarga a'lo sifat va talab doirasida bo‘lgan muqaddas ibodat amallarini bajarish imkoniyatini beruvchi Umra ziyoratiga borishni taklif etmoqda.
Grace Travel bilan Umra safari qaysi jihatdan farqlanadi?
Birinchidan, ibodat amaliga otlangan musulmonlar Toshkent-Jidda-Toshkent yo‘nalishida parvoz qilib, avvaldan Saudiya Arabistonidagi 4 va 5 yulduzli mehmonxonalardan birida vaqtincha yashashni mustaqil tanlash huquqiga ega. Ibodat qiluvchilarga tashkilotchilar tomonidan nonushtadan tashqari, buyurtma asosida kechki ovqatlar, transport transferi vaqtida esa turli yeguliklar berilishi kafolatlanadi. Mazkur sohada uzoq yillik tajribaga ega oshpazlar ibodat qiluvchilarning sifatli va mazali taomlardan tanovul qilishini ta'minlaydi.
Ikkinchidan, Arabiston diyorida muqaddas shaharlarga tashrif buyurgan musulmonlarni aeroportdan kutib olish va barcha huquqiy jarayonlar bilan tashkilotchilarning maxsus vakillari shug‘ullanadi. Shunday qilib, ibodatdagi musulmonlar istaklariga ko‘ra, harakatlanish uchun transportni tanlash huquqiga ham ega va ularga maxsus dastur asosida xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgan. Asosan, katta guruhdagi musulmonlarga Zaer transport-logistika kompaniyasi tomonidan taqdim etilayotgan 49 kishi sig‘imiga ega 120ta lyuks avtobusda harakatlanish taklif etiladi. Bundan tashqari, alohida talablarga ko‘ra, Toyota Land Cruiser tipidagi yengil mashinalar siz uchun maxsus taqdim etiladi. Oila va yaqinlari bilan kichik guruhda bo‘lishni istagan ziyoratchilar uchun qulay va lyuks transport vositasi taklif etiladi, 24 soat hamroh bo‘luvchi yordamchilar ularga biriktiriladi. Kompaniyaning avtobus, mini-avtobus, yengil avtomobillarini boshqaruvchi jami 140 nafar haydovchisi sizning xizmatingizda bo‘ladi.
Uchinchidan, Umra ziyoratida ibodatlarni o‘rgatuvchi ellikboshi har bir guruhlarga tayinlanib, ekskursiyalarni olib boruvchi yo‘lboshchilar o‘zbek va sizga ma'qul kelgan boshqa tilda ham ravon suhbatlashadi. Safar davomida ellikboshi hamroh sifatida guruh bilan to‘liq birga bo‘ladi. Makka va Madina shaharlari ziyorati davomida an'anaviy bozor, qadimiy muzey, o‘rta asrlar tarixidan darak beruvchi manzillar tanishtiriladi, shuningdek, guruhga mazmunli va to‘laqonli ma'lumotlar berilib, ularda unutilmas lahzalarni suratga muhrlashning imkoniyati yaratiladi. Bu hali hammasi emas! Grace Travel maxsus buyurtma asosida tashkil etiladigan Toif shahridagi mazmunli ekskursiyaga barchani taklif etadi.
To‘rtinchidan, O‘zbekistondagi Grace Travel MChJ vakillari Saudiya Arabistoniga kirish huquqini beruvchi vizani olishda ko‘mak berib, barcha maslahat va yordamlarini ayamaydi. 10 kun (9 kecha) davom etishi ko‘zlangan muqaddas sayohat uchun zarur barcha hujjatlarni rasmiylashtirish masalasi tez va shaffof hal etiladi. Buning uchun, sizdan faqat xorijga chiqish ruxsatnomasi (muayyan muddat uchun amal qiluvchi stiker, OVIR) yopishtirilgan pasport, turar joy mahalla fuqarolar yig‘inidan tavsifnoma hamda salomatlik to‘g‘risida ma'lumotnomani taqdim etish so‘raladi.
Har yili 230-240 ming nafar ziyoratchiga Umra va Haj mavsumining sifatli xizmatlarini taqdim etayotgan Al Hussam kompaniyasi 2017/2018 yilgi mavsumda 244908 nafar ziyoratchining Saudiya Arabistoniga kirish vizasini olishga ham ko‘mak bergan. Al Hussam kompaniyasi tarkibida faoliyat yuritayotgan 300 kishilik katta guruhdan iborat mohir oshpazlar shu yilning o‘zida 1,8 million hojilarga sifatli va halol taomlarni yetkazib berish bilan shug‘ullangan.
Safar qachon boshlanadi?
Umra safariga birinchi guruh musulmonlar joriy yilning 28 oktabr kuni jo‘nab ketadi va 6 noyabrdan so‘ng Toshkentga qaytishi nazarda tutilgan. Shunday qilib, keyinga guruhlar quyidagi rejaga asosan yuboriladi:
11 noyabr - 20 noyabr
2 dekabr - 11 dekabr.
Xarajatlar qanchaga tushadi?
2 va 3 kishiga mo‘ljallangan mehmonxona nomeri bilan ishlab chiqilgan Standart paket 14,750,000 so‘m bo‘lib, tashrif buyuruvchilar Makkada 5 yulduzli - Le Meridien Towers (markazdan 1 km atrofida - mehmonxona avtobusi xizmatida 3 minutlik yo‘l), Madinada - Saja Hotel (markazdan 400 metr) mehmonxonalariga joylashtiriladi. Alohida qulayliklarga ega Premium paketning narxi 15,950,000 so‘m etib belgilangan. Unda safar ishtirokchilari Makkada 5 yulduzli - Al Shohada (markazdan 400 metr), Madinada ham 5 yulduzli - Saja Hotel (markazdan 400 metr) mehmonxonalariga joylashtiriladi. Grace Travel Umra ziyorati davomida Delyuks paketni (19,150,000 so‘m) ham taklif etadi. Unga ko‘ra, mehmonlar Makkada - Hyatt Regency Hotel (Haram yonida), Madinada - Anwar Al Madinah Movenpick (Haramni ayollar namozgohi yonida joylashgan) mehmonxonalarida yashashi ta'minlanadi. Har bir ibodat qiluvchiga alohida e'tibor va munosabatda bo‘lgan Grace Travel mehmonxonalarda joylarni sun'iy kengaytirilishini nazoratga oladi, faqat mehmonning talabi bilan qo‘shimcha yotoq xonaga kiritilishi mumkin.
Grace Travel jamiyati bilan hamkorlikda ish olib borayotgan Saudiya Arabistonining Al Hussam kompaniyasi Madina shahridagi eng katta 5 yulduzli, 1200ta xonaga ega mehmonxonasi - Movenpick Anwar al Madinah'ni boshqaradi. Shuningdek, Makkadagi Hyatt Regency (50ta xona) va Swisshotel Makkah (20ta xona) mehmonxonalarida alohida lyuks joylarga ega kompaniya har bir ziyoratchining qulay sharoit asosida ibodat qilishini istaydi. Bugungi kunda dunyo bo‘ylab 120ta agentlik va 5ta mamlakatda rasmiy ofisiga ega Al Hussam kompaniyasi joriy yilda xalqaro talab darajasida tashkil etiladigan ziyoratni o‘zbekistonlik musulmonlarga ham taqdim etishga tayyor.
Umra ziyoratingiz unutilmas bo‘lishi bizning burchimizdir!
Manzil: Yunusobod ko‘chasi, 3-a uy, Yunusobod tumani, Toshkent shahri.
Mo‘ljal: "Bodomzor" masjidi oldida
Telefon raqam: +(99899)8482588 +(99893)5081122
Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring!
Telegram - t.me/umraga
Instagram - @umrauzb
Facebook - @GraceTravelAgnecy
Mavzuga oid
15:50 / 15.10.2024
“Bu katta miqdor emas” – Diniy qo‘mita raisi Umra litsenziyasining 1 million dollarlik sharti haqida
13:55 / 03.10.2024
Umra litsenziyasi bo‘yicha yangi talablar yaqin kunlarda e’lon qilinishi aytildi
20:41 / 24.09.2024
“5 oktyabrdan Umra turfirmalari amaldagi litsenziyasi bilan ishlay olmaydi” – Din ishlari bo‘yicha qo‘mita
08:20 / 11.09.2024