Sport | 20:27 / 21.09.2018
13908
1 daqiqa o‘qiladi

Messi FIFA taqdirlash marosimiga boradi - u nomzodlar orasida yo‘q

«Barselona» klubi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi FIFA talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi futbolchisini taqdirlash marosimiga boradi.

31 yoshli futbolchi uchta yakuniy nomzod ro‘yxatiga kiritilmagan bo‘lsa-da, tantanali tadbirda ishtirok etadi. 

Eslatib o‘tamiz, yilning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun «Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich, «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu va «Liverpul» to‘purari Muhammad Saloh da'vogarlik qilmoqda.

Messi 2006 yildan buyon ilk marotaba nomzodlar ro‘yxatiga kiritilmadi. Ammo u yilning ramziy terma jamoasidan joy olish va yilning eng chiroyli goli muallifi bo‘lish imkoniyatini saqlab turibdi. Futbolchining JCh-2018 musobaqasida Nigeriya darvozasiga kiritgan to‘pi nomzodlar orasida bor.

Yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi 24 sentabr kuni Londonda o‘tkaziladi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid