Jahon | 22:24 / 21.09.2018
33155
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada harbiylar ommaviy ravishda hibsga olinmoqda  

Turkiya politsiyasi 21 sentabrda 85 nafar harbiyni FETO bilan aloqadorlikda gumon qilib hibsga oldi. Anqara prokuraturasi hammasi bo‘lib Turkiya qurolli kuchlarida turli lavozimlarni egallovchi 110 harbiyni hibsga olishga order bergan.

Ayni vaqtda harbiylarni hibsga olish bo‘yicha amaliyot 16 ta viloyatda, jumladan mamlakatning eng yirik shaharlari Istanbul va Anqarada bo‘lib o‘tmoqda. 

Ta'kidlanishicha, hibsga olinganlar orasida Turkiya harbiy-havo kuchlarining 3 polkovnigi ham bor.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid