Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erondagi terakt qurbonlari soni 28 kishiga yetdi
Foto: AFP
Eronning Ahvoz shahrida harbiy parad chog‘ida sodir etilgan terrorchilik harakati qurbonlari soni 28 kishiga yetdi, 60 kishi jarohatlandi, deb xabar berdi Eron parlamenti mudofaa bo‘yicha qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Abu Fadl Bigi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum qilganlarning uch nafari voqea joyida o‘ldirilgan, qolganlari kasalxonada jon bergan.
U shuningdek, terrorchilar Iroq Kurdistonidan kelganini ma'lum qildi.
Eronning IRNA agentligi xabar qilishicha, ushbu hujum uchun javobgarlikni Saudiya Arabistoni bilan aloqada bo‘lgan "Axvazdagi vatanparvar arab demokratik harakati" o‘z zimmasiga olgan. Eron TIV rahbari Javod Zarif mazkur terrrorchilik harakati uchun "terrorizmning mintaqadagi homiylari va ularning amerikalik yo‘riqchilari" javobgar ekanligini bildirgan.
Mavzuga oid
11:29 / 08.05.2026
AQSh va Eron o‘rtasida zarbalar almashinuvi ro‘y berdi
23:45 / 06.05.2026
Eron yana BAAga raketa otdi: Tehron Trampni mensimayaptimi?
21:16 / 06.05.2026
AQSh va Eron mojaroni to‘xtatish bo‘yicha memorandum imzolashga yaqin - OAV
09:52 / 06.05.2026