Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tabiiy gaz bo‘yicha schyotchikni ko‘zdan kechirish soat nechagacha amalga oshirilishi mumkin?
Tabiiy gaz iste'molini hisobga olish priborlarini (schyotchik) ko‘zdan kechirish soat 08:00 dan 20:00 gacha amalga oshiriladi.
Majburiy ijro byurosi xodimini tabiiy gaz iste'molini hisobga olish priborlarini ko‘zdan kechirishga yo‘l qo‘ymaslik holati dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi, deb yozmoqda “Huquqiy axborot” kanali.
Iste'molchi mazkur dalolatnoma bilan tanishishi lozim.
Iste'molchi dalolatnomani imzolashni rad etgan taqdirda, dalolatnomada bu qayd etiladi.
Rad etish holati ikki guvoh yoki mahalla yig‘ini vakili tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Iste'molchi dalolatnomani imzolashni rad etish sababini bayon qilish huquqiga ega va bu dalolatnomaga qayd etilishi shart.
Mavzuga oid
18:22 / 29.12.2025
Turkmanistonda «Do‘zax darvozasi» olovini o‘chirish usuli topilgani ta’kidlanmoqda
22:57 / 22.12.2025
Farg‘onada metan muammosi: shoxobchalar ochilmadi, vazir va’da qilgan konteynerlardan darak yo‘q
20:33 / 22.12.2025
Rossiyadan O‘zbekistonga gaz eksporti 2030 yilda to‘rt barobar o‘sishi mumkin
11:37 / 19.12.2025