O‘raga nima tushdiki, Oltiariq bozori muammosi “guldur-gup” bo‘ldi?...
Joriy yilning 17 may kuni KUN.UZ sayti orqali “Bozordagi do‘konlar tunda buzib tashlandi. Oltiariqliklar haqiqat izlaydi” sarlavhasi ostida maqola e'lon qilingan edi. Unda Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida joylashgan bozorning yarim tunda, hech qanday tushuntirishlarsiz buzib tashlangani va buning ortidan qanchadan qancha tadbirkorlar zarar ko‘rgani haqida hikoya qilinadi.
Oradan 4 oy o‘tdi. Bu kichik muddat emas. Xo‘sh, ushbu muammoni hal etish yo‘lida nimalar o‘zgardi? Oltiariq tuman hokimligi tadbirkorlar muammosiga qanday chora ko‘rdi? Viloyat hokimi bu haqda qiziqdimi? Afsuski, bunday bo‘lmaganga o‘xshaydi. Sababi, kuni kecha KUN.UZ tahririyatiga oltiariqlik tadbirkorlar kelishdi va ushbu muammo yuzasidan takroran murojaat etishdi. Achinish bilan shuni aytish mumkinki, muammo muammoligicha qolgan.
Tabiiy savol tug‘ilmoqda - nega oradan shuncha vaqt o‘tgan bo‘lsa ham Oltiariq dehqon bozori bilan bog‘liq mojaro hali ham ijobiy yechim topgani yo‘q. Bu orada tadbirkorlar, qora qozonini qaynatish uchun savdo-sotiq bilan shug‘ullanib kelayotganlarni holi ne kechdi?
Davlatimizning yangi islohotlar davriga qadam bosganiga ham kam emas, ko‘p emas ikki yilcha vaqt bo‘ldi. Bu kichik muddat emas. Chunki ko‘plab sohalarda bo‘layotgan tub o‘zgarishlarni bugun real hayotda ham ko‘rib turibmiz. Ammo ayrim masalalarda bo‘layotgan e'tiborsizlik, mavhumlik kishi ko‘nglini g‘ash etadi. Agar mana shu bozor bilan bog‘liq biror reja va maqsadlar bo‘lsa, buni OAV orqali baralla aytish, xalqqa tushuntirish zarur. Mavhumlik ishonchsizlik tuyg‘usini yetaklaydi. O‘ylaymizki, bu masala yuzasidan hokimlik mutasaddilari KUN.UZ’ga o‘z munosabatlarini bildiradi.
Xurshid Daliyev,
KUN.UZ jurnalisti
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Mahachqal’a-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlar 1 oyga kechikishi mumkin
O‘zbekiston | 18:39
-
Ijtimoiy himoya qilinadigan oilalar ko‘lami kengaytiriladi
O‘zbekiston | 18:33
-
Kambag‘al oilalar toifalarga ajratiladi
O‘zbekiston | 18:03
-
Argentina sobiq Adliya vazirligi binosidan natsistlarga tegishli hujjatlar arxivi topildi
Jahon | 17:56
Mavzuga oid

13:36 / 03.05.2025
Farg‘ona va Urumchi o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilyapti

17:21 / 28.04.2025
“Chuqurlarga to‘la ko‘cha” – Farg‘ona shahri markazidagi abgor yo‘l qachon ta’mirlanadi?

12:15 / 28.04.2025
Farg‘onada 1 maydan ichimlik va oqova suv xizmatlari narxi oshadi

19:52 / 24.04.2025