"Ipak yo‘lida turizm" xalqaro turistik yarmarkasi: Nima? Qayerda? Qachon?
3-5 oktabr kunlari Toshkent shahridagi "O‘zekspomarkaz" ko‘rgazmalar zalida "Ipak yo‘lida turizm" XXIV Toshkent xalqaro turistik yarmarkasi bo‘lib o‘tadi. Unda O‘zbekistonning turistik salohiyati va madaniyati keng namoyish qilinadi. KUN.UZ muxbiri 24 sentabr kuni Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Baxtiyor Umarov va uning o‘rinbosarlari ishtirokida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanidan shu haqida xabar berdi.
Xalqaro TripAdvisor tashkilotining Butunjahon turizmni rivojlantirish tashkiloti uchun o‘tkazgan kuzatuviga ko‘ra, 80 foizdan ziyod sayyohlar Buyuk Ipak yo‘li haqida ma'lumotga ega. Forbes jurnali esa uni eng taniqli brend sifatida tan oldi. O‘zbekiston BMT, YuNeSKO va Butunjahon turizmni rivojlantirish tashkilotining qadimiy Buyuk Ipak yo‘li turizmini qayta tiklash bo‘yicha millatlararo loyihasining faol qatnashchisi hisoblanadi.
Yarmarkaning asosiy mavzulari
Tashqi va ichki turizm, faol va sarguzasht turizm, ma'rifiy va sog‘lomlashtiruvchi turizm, ekstremal turizm, agroturizm, to‘y turizmi, ot sporti turizmi, turistik ma'muriyatlar va milliy idoralar, turistik agentliklar va turoperatorlar, mehmonxonalar, sanatoriy va kurort komplekslari, avialiniyalar va tashuvlar, transport va sug‘urta kompaniyalari, onlayn bron qilish tizimlari, OAV, savdo jurnallari/ma'lumotnomalar.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad
Tajriba almashish uchun xalqaro platforma yaratish, Ipak yo‘li tarixiy madaniyati, tabiiy merosini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik ishlarini yo‘lga qo‘yish va kelajakdagi istiqbolli rejalar muhokamasi uchun maydon yaratish. Bundan tashqari, yuqori byudjyetli sayyohlarni jalb qilish.
Qaysi davlatlar ishtirok etadi?
Tailand qirolligi, Singapur, Misr, Malayziya, Ozarboyjon, Hindiston, Koreya Respublikasi, Turkiya, Xitoy, Rossiya va b.
Pavilonlar va stendlar
"Hunarmandlar shaharchasi" loyihasi, respublikadagi teatr va muzeylar stendlari, Sharq bozori, Rassomlar xiyoboni, Milliy taomlar festivali, O‘zbekiston dizaynerlari defilesi va boshqalar joy oladi. Shuningdek, xalqaro pavilonlarda xalqaro aviakompaniyalar, ta'lim muassasalari, sayyohlik va kurort yo‘llanmalari, shuningdek sug‘urta, tibbiyot, bank sohalariga doir stendlar namoyish etiladi.
O‘zbek milliy taomlari festivali
O‘zbek taomlari dunyoning eng mazali taomlari sirasiga kiradi. XXIV Toshkent xalqaro turistik ko‘rgazmasi davomida "O‘zekspomarkaz"da "Ipak yo‘li lazzati" nomli o‘zbek milliy taomlari festivali bo‘lib o‘tadi. Ochiq maydonda O‘zbekistonning turli hududlari oshxonasi durdonalarini tatib ko‘rish va ularga baho berish uchun o‘ndan ortiq mavzuiy maydoncha tashkil qilinadi.
Hosted Buyers dasturi
Dastur doirasida 22 xorijiy davlat - Turkiya, Tailand qirolligi, Latviya, Polsha, Rossiya, Belarus, Germaniya, Gretsiya, Niderlandiya, Belgiya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Yaponiya, Hindiston, Xitoy, Isroil, Ummon qirolligi, Saudiya Arabistoni, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston mamlakatlaridan 50 dan ziyod xorijiy ommaviy axborot vakillarining navqiron Samarqand shahriga tashrifi kutilmoqda.
Sharq bozori
3 oktabrdan 5 oktabrgacha "Sharq bozori" ekspozitsiyasi ishtirokchilari savdo chodirlarida faoliyat yuritishadi. "O‘zekspomarkaz" hududida O‘zbekiston bozorlarining o‘ziga xos jihatlari va rang-barangligini namoyish etuvchi, hunarmand, restoran va folklor guruhlar ishtirokida milliy uslubdagi yarmarka tashkil qilinadi.
Tadbir tashkilotchilari
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Milliy PR-markazi, World Tourism Organization (UNWTO), Madaniyat vazirligi, Toshkent shahri hokimligi, "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Aydar-Arnasoy ko‘llarida noqonuniy baliq ovlash natijasida qariyb yarim mlrd so‘mlik zarar yetkazildi
Jamiyat | 09:43
-
APLdagi ilk o‘zbek. Husanovning transferi haqida asosiy gaplar
Sport | 09:16
-
Voronej oblastidagi neft bazasiga dronlar hujum qildi
Jahon | 09:08
-
Smolenskka dronlar hujumi: ko‘p qavatli uy va aviazavod yonmoqda
Jahon | 09:04
Mavzuga oid
16:12 / 20.01.2025
Toshkent shahri hokimligi ko‘chmas mulk sotib olishda ehtiyot bo‘lishga chaqirdi
23:20 / 18.01.2025
Toshkent metrosida 19 yoshli yigit o‘zini poyezd tagiga tashladi
18:15 / 17.01.2025
Turkiyada soxta oltinning yangi turi tarqaldi
17:44 / 17.01.2025