Jahon | 23:13 / 24.09.2018
18347
2 daqiqa o‘qiladi

Nursulton Nazarboyev talabalik vaqtidagi odati haqida so‘zlab berdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev talaba bo‘lgan kezlardagi ertalabki odati haqida videointervyuda so‘zlab berdi. 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

A post shared by Prezident Teleradiokeshenі (@ptrk.kz) on

“Men fe'l-atvorimga ko‘ra xayolparastman. Men bolaligimdanoq meni oldinda katta narsa kutayotganini his qilganman. Bu tuyg‘u men bilan doimo birga bo‘lgan, uni qayerdan olinayotganini ham bilmaganman. Politexnika instituti talabasi bo‘lganimda, tongda yuvinayotib, ko‘zguga qarab “Sen xalqing uchun biror narsa qilishing kerak” derdim”, deb yoshligini eslagan Nazarboyev.  

“Sen xalqing uchun biror narsa qilishing kerak”, deb ta'kidlagan prezident talabalik yillaridan. Va bu uning ertalabki odatiga aylangan”, deb aytilgan videoga izohda.

Mavzuga oid